19:06 / 03.08.2018
5 841

Kam ta’minlangan oilalar qishloq joylarda uy-joy sotib olayotganda boshlang‘ich badali to‘lab beriladi

Kam ta’minlangan oilalar qishloq joylarda uy-joy sotib olayotganda boshlang‘ich badali to‘lab beriladi
Qaror loyihasida prezidentning 2016 yil 21 oktyabrdagi PQ–2639-son va 2017 yil 2 martdagi PQ–2812-son qarorlari bilan tasdiqlangan 2017–2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida 2019 yildan boshlab kam ta’minlangan oilalarga uy-joylar ajratish taklif etilgan, deb yozmoqda Norma.

Buning uchun namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilayotgan ikki, uch qavatli ko‘p kvartirali uylar hamda maydoni 0,02 gektar bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli uylar sirasiga kiradigan arzon uy-joylarni ajratish rejalashtirilmoqda.

Kam ta’minlangan oilalar uchun arzon uy-joylar qurilishini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilarni belgilash nazarda tutilmoqda:

• Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hokimliklarining respublika byudjeti mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar – boshlang‘ich badallarni to‘lash uchun;
• imtiyozli uzoq muddatli ipoteka krediti ajratish sharti bilan tijorat banklarining mablag‘lari.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari quyidagilarni amalga oshirishlari zarur:

• ayrim oilalarning aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlariga boqimandalik munosabatida bo‘lishi dalillarini bartaraf etishga alohida e’tibor bergan holda kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatining ijtimoiy adolat tamoyillariga tayanib shakllantirilishini ta’minlash;
• 2019 yildan boshlab har yili Dastur doirasida kam ta’minlangan oilalarga arzon uy-joylar ajratilishini nazarda tutish;
• 2019 yildan boshlab har yili Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda mahalliy byudjetlarda kam ta’minlangan oilalar uchun arzon uy-joylar qurish va boshlang‘ich badallarni to‘lash uchun mablag‘larni nazarda tutish.

Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot, Moliya vazirliklari va «Mahalla» xayriya jamoat fondi bilan birgalikda ikki oy muddatda kam ta’minlangan oilalarni tanlab olish, ularga arzon uy-joylar taqdim etish va arzon uy-joylar qurilishini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashi shart.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Kam ta’minlangan oilalar qishloq joylarda uy-joy sotib olayotganda boshlang‘ich badali to‘lab beriladi