3 793
YETTB rahbari Shavkat Mirziyoyevni jahondagi boshqa yetakchilarga namuna qilib ko‘rsatdi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) prezidenti Suma Chakrabartining ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev prezidentlik lavozimini egallaganidan so‘ng boshlagan islohotlarni amalga oshirishga qat’iy qaror qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari «O‘zbekistonni kelajak avlodlarga yashash uchun eng yaxshi joyga aylantirish g‘oyasi va istagiga ega». «Shu bilan birga, u atrofida yaxshi, professional jamoani to‘plamoqda. Bundan tashqari, u nima qilish kerakligini aniq ko‘ryapti. Shu nuqtai nazardan, barcha mamlakatlar rahbarlari uchun o‘z xalqiga haqiqatni aytishlari juda muhimdir. Janob Prezident bu fazilatlarni namoyon etayotgan yetakchi hisoblanadi», - dedi Chakrabarti O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
YeTTB rahbari ta’kidlaganidek, boshqa mamlakatlar misolida islohotlar doimo silliq kechmasligini ko‘rish mumkin, biroq O‘zbekiston prezidentini ularni amalga oshirishga «qat’iy kirishgan».
«Bir tizimdan boshqasiga o‘tish jarayonida odamlarning mentaliteti, biznes-muhit o‘zgaradi... Shu nuqtai nazardan, Shavkat Mirziyoyevning buni his etishi, bu narsani real hayotda amalga oshirish bo‘yicha uning jasorati sezilyapti», - deya ta’kidlab o‘tdi Chakrabarti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq YeTTB rahbari bankning O‘zbekistonga bo‘lgan «jiddiy darajadagi» ishonchi haqida ma’lum qilgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?