17:06 / 03.08.2018
4 860

MIB xodimlari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 03 avgust kuni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosida ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik vakillari ishtirokida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artisti, O‘zbek milliy akademik drama teatri artisti Farxod Abdullayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqja MIB matbuot xizmati xabar berdi.
MIB xodimlari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Uchrashuvda, Farxod Abdullayev dastlab, o‘zining ijod faoliyati, teatr jamoasining kelgusidagi rejalari haqida gapirib o‘tib, milliy kino va san’atining yosh avlodni vatanga sadoqat, keksa avlod vakillarini hurmat qilish ruhida tarbiyalashga xizmat qilishini, ayniqsa, yoshlarning “ommaviy madaniyat”ga ta’siriga tushishidan himoya qilishida muhim vosita ekanligini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng, F.Abdullayev Majburiy ijro byurosi xodimlari ish faoliyatida fuqaro hamda iste’molchilar bilan yaqindan muloqotni o‘rnatib, ularga sohadagi qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar haqida tushuntirish berib borishi lozimligini, aholi bilan doim hamnafas bo‘lib ishlash davr talabi ekanligi haqida fikr bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » MIB xodimlari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi