23:58 / 05.08.2018
4 774

5 avgust kungi test sinovlarida 1 443 nafar abituriyent qatnashmadi

5 avgust kungi test sinovlarida 1 443 nafar abituriyent qatnashmadi
Foto: Facebook / Aziz Abduhakimov
Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining beshinchi kuni — 5 avgustda o‘tkazildi va to‘liq yakunlandi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Test sinovlarining beshinchi kuni respublikadagi 18 ta oliy ta’lim muassasasida test jarayonlari bir vaqtda 1-smenada 8:00 dan boshlanib, 11:30 ga qadar va 2-smenada 15:00 dan boshlanib, 18:30 ga qadar to‘liq yakunlandi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan 57 ta binoda yong‘in va xavfsizlik choralari ko‘rildi. Barcha binolarda tibbiyot xodimlarining navbatchiligi hamda test sinovlari o‘tadigan hududlarda tez yordam mashinalari tashkil etildi.

5 avgustdan havo haroratining ko‘tarilishi natijasida abituriyentlarning ota-onalari uchun salqin joylarda o‘rinlar soni ko‘paytirildi va u yerda katta hajmli monitorlar yordamida test jarayonlari onlayn ko‘rinishda yoritib borildi.

Yozning chillasida ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida ilk bor test sinovlari UzDigital-TV va mahalliy telekanallar orqali hamda test2018.uz Internet saytida onlayn ko‘rinishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritildi.

Ichki ishlar tizimidan 4 963 ta shaxsiy tarkib xodimi, 1 206 ta aloqa vositasi, 694 ta metallodetektor, 289 ta transport vositasi test sinovlari jarayoni xavfsiz o‘tishiga jalb qilindi.

Test sinovlarini o‘tkazishga ta’lim muassasalaridan test sinovlari o‘tkazish tartib-qoidalari va texnologiyasi bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan 2 ming 404 nafar guruh nazoratchisi jalb etildi. Barcha hududlarda jamoat va yong‘in xavfsizligi, test materiallarining maxfiy va daxlsizligi, binolar faoliyat tizimining uzluksiz ishlashi, tibbiy xizmat va inshootlarni qo‘riqlash to‘liq ta’minlandi.

Test sinovlarida 18 ta oliy ta’lim muassasasining 98 ta ta’lim yo‘nalishida 57 ming 728 nafar abituriyent ishtirok etdi, turli sabablarga ko‘ra 1 443 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 292 nafar abituriyent, shundan 161 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zgani o‘rniga kirishga uringanligi uchun, 131 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga va boshqa abituriyentlarga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda Davlat test markaziga 18:30 dan qaytarish boshlandi. So‘nggi materiallar Farg‘ona vodiysi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan kechasi 2:00 da yetib keladi.

Yetib kelgan test natijalari bo‘yicha darhol kompyuter yordamida qayta ishlash jarayoni boshlanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 5 avgust kungi test sinovlarida 1 443 nafar abituriyent qatnashmadi