09:58 / 08.08.2018
7 963

O‘zbekistonda ikki turdagi pasport va ID-karta joriy qilinadi

O‘zbekistonda ikki turdagi pasport va ID-karta joriy qilinadi
O‘zbekistonda uchta hujjatni joriy qilish taklif etilmoqda, bular: mamlakat ichidagi biometrik pasport, chetga chiqish uchun biometrik pasport va ID-karta. Bu haqda Spot O‘zbekiston pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror loyihasiga tayanib xabar bermoqda.

Hujjatda bir nechta asosiy tushunchalar qo‘llanilgan, ular orasida quyidagilar bor:
  • O‘zbekiston fuqarosining biometrik pasporti — o‘z egasining shaxsini O‘zbekiston hududida tasdiqlovchi hujjat. Shuningdek, u o‘zida elektron axborot tashuvchi (chip)ga ega bo‘lib, O‘zbekiston fuqaroligini ham tasdiqlaydi;
  • chet elga chiqish uchun biometrik pasport O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini va uning egasi shaxsini xorijga chiqish va O‘zbekiston Respublika hududiga kirish chog‘ida tasdiqlovchi hujjat;
  • identifikatsion elektron karta (ID-karta) — o‘z egasining shaxsini mamlakat hududida tasdiqlovchi hujjat, u har fuqaroning yagona identifikatsiya raqamini, uning shaxsiy ma’lumotlarini o‘z ichiga olib, davlat xizmatlaridan foydalanishda shaxsni aniqlash uchun qo‘llaniladi.

Xorijga chiqish chog‘ida fuqarolarga chet elga chiqish uchun biometrik pasport rasmiylashtiriladi. Xorijga chiqish uchun biometrik pasport chet elda bo‘lgan fuqarolarda ham bo‘lishi talab etiladi.

Chet elga chiqish uchun biometrik pasport fuqarolarga quyidagi amal qilish muddati bilan beriladi:
  • Tug‘ilgan kunidan bir yilgacha — ikki yil muddatga;
  • Bir yoshdan 16 yoshgacha — 5 yillik muddatga;
  • 16 yoshdan kattalarga — 10 yil muddatga.

Chet elga chiqish uchun pasportni rasmiylashtirish uchun hujjatlar to‘plamini topshirish shart etib belgilanishi taklif etilmoqda, ular orasida — ID-karta bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda ikki turdagi pasport va ID-karta joriy qilinadi