08:27 / 10.08.2018
7 972

Sirtqi ta’lim shakliga test sinovlari boshqa sanaga ko‘chirildi

Sirtqi ta’lim shakliga test sinovlari boshqa sanaga ko‘chirildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “2018/2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida” 2018 yil 4 iyundagi PQ-3769-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori bilan 2018/2019 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakliga qabul kvotasi 14 050 ta qilib belgilangan. Abituriyentlar tomonidan 135 280 ta arizalar topshirilgan.

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018 yil 30 iyuldagi 4-son bayoni bilan oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakliga test sinovlari 2018 yil 20 avgustdan boshlab o‘tkazilishi belgilangan edi.

Test sinovlari Qurbon Hayitiga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida test sinovlari 2018 yil 17-20 avgust kunlariga ko‘chirildi.

Test sinovlarini adolatli va shaffof o‘tkazish maqsadida kunduzgi ta’lim shakli o‘tayotgan respublikadagi kuzatuv kameralari, shaxsni identifikatsiyalash qurilmalari bilan jihozlangan 57ta katta sig‘imli binolarda o‘tkaziladi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 17-18 avgust kunlari shu kunlarda test sinovi o‘tkazilayotgan binolarda, Toshkent shahrida 17-20 avgust kunlari o‘tkaziladi. Binolar manzillarini Davlat test markazining www.dtm.uz sayti orqali bilib olish mumkin.

Eslatma: Guliston davlat universiteti, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali va Toshkent davlat agrar universitetining sirtqi ta’lim shakliga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun test sinovlari Toshkent shahridagi binolarda bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari natijalari test o‘tgan kunning ertasiga Davlat test markazining www.dtm.uz sayti orqali e’lon qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sirtqi ta’lim shakliga test sinovlari boshqa sanaga ko‘chirildi