15:12 / 11.08.2018
6 307

Respublikada yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshdi

Respublikada yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshdi
Davlat statistika qo‘mitasi yanvar-iyul oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi haqida ma’lumot berdi.

Xususan, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 11,8 foizga oshgan. 2017 yilning shu davrida 79441 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2018 yilda - 94371.

Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish esa 8,1 foizga kamaydi. 2017 yilda - 2350 dona, 2018 yilda - 1923.

Avtobuslar ishlab chiqarish hajmida ham pasayish kuzatildi - 6,3 foiz (2017 yilda 477 dona, 2018 yilda 303 dona).

Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish 11,8 foizga oshdi. 2017 yilda 59395 dona dvigatel chiqarilgan bo‘lsa, 2018 yilda - 70534.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Respublikada yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshdi