22:10 / 14.08.2018
6 173

O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari qaysi bozorlarda arzon?

O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari qaysi bozorlarda arzon?
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri markaziy bozorlarida sotilayotgan (oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jalik) mahsulotlar narxlarining 2018 yil 12 avgust holatini e’lon qildi.

Mol go‘shti

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg mol go‘shti 26 ming so‘mdan 43 ming so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda. Eng arzon narxlar o‘tgan haftada kuzatilganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bozorlarida uchratish mumkin – 26 ming so‘m.

Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida 1 kg mol go‘shti 26 – 39 500 so‘m. O‘tgan haftada ushbu bozorda 1 kg mol go‘shti 26 – 42 ming so‘mdan sotilayotgani kuzatilgandi.

Toshkent shahrining "Farhod", "Mirobod", "Yunusobod", "Chorsu", "Qo‘yliq" dehqon bozorlarida 1 kg mol go‘shti 28 ming so‘mdan 42 ming so‘mgacha sotilmoqda. O‘tgan haftada eng arzon narxlardagi mol go‘shti faqat "Qo‘yliq" bozorida (28 ming so‘m) sotilgan bo‘lsa, endilikda ushbu narxlardagi mol go‘shtini barcha bozorlardan sotib olish mumkin. Qizig‘i, respublika bo‘yicha eng qimmat narxlarda sotilayotgan mol go‘shti bu haftada "Qo‘yliq" dehqon bozorida uchradi. "Mirobod" bozorida 42 ming, "Yunusobod" bozorida 41 ming, "Farhod" bozorida 40 ming, "Chorsu" bozorida 39 mingga sotilayotgan shu sifatdagi 1 kg mol go‘shti "Qo‘yliq" bozorida 43 ming.

Qo‘y go‘shti

Eng arzon narxlardagi qo‘y go‘shti – poytaxtning "Mirobod", "Farhod", "Chorsu" bozorlarida 28 ming so‘mdan sotilmoqda. Eng qimmat narxlardagi qo‘y go‘shtini ham Toshkent shahar bozorlarida uchratish mumkin: "Yunusobod" bozorida 44 ming so‘m, "Qo‘yliq" bozorida 45 ming so‘m.

Tovuq go‘shti

Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida eng arzon narxlar 12-14 ming so‘m. Eng qimmat narxlar "Farxod" dehqon bozori (Toshkent shahri)da 14-21 ming so‘mgacha.

Guruch

Respublika bozorlarida guruchni 4-13 ming so‘mgacha uchratish mumkin. Qo‘yliq dehqon bozoridagi eng qimmat narxdagi guruch bu haftada ham saqlanib qolgan – 13 ming so‘m. Eng arzon guruch Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 3500 so‘m. Shuningdek, Nukus, Jizzax shahar Markaziy dehqon bozorlarida 4 000 ming so‘m.

O‘simlik yog‘i

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg o‘simlik yog‘i 8-12 ming so‘mdan sotilmoqda. Ushbu mahsulotning eng arzonini Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida uchratish mumkin – 8 ming so‘m. Eng qimmat narxlarni Buxoro, Jizzax shaharlari, Farhod (Toshkent shahri) dehqon bozorlarida uchratish mumkin – 12 ming so‘m.

Un

Eng arzon narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg 1-navli un 1500 so‘m. Eng qimmat narxlar esa Jizzax shahar Markaziy dehqon bozorida – 3500 so‘m.

Shakar

Eng qimmat narxlardagi shakar Nukus shahar Markaziy dehqon bozori, Yangi shahar bozori (Andijon)da – 1 kg shakar 5 500 so‘m. Eng arzoni esa Navoiy shahri “Sahovat” MChJga qarashli markaziy dehqon bozorida – 4 ming so‘m.

Tuxum

O‘tgan haftada bozorlarda tuxum narxlarining o‘sgani kuzatilgan edi. Bu haftada ko‘plab bozorlardagi tuxum narxlari bir xil 350-500 so‘m. Eng arzon narx Qarshi shahri “Yerqo‘rg‘on” dehqon bozorida – 330 so‘m. Eng qimmat narx "Qo‘yliq" dehqon bozori (Toshkent shahri)da 400 – 600 so‘mdan sotilmoqda.

Kartoshka

Qarshi shahri “Yerqo‘rg‘on” dehqon bozoridan 1 kg kartoshkani 500 so‘mdan 1200 so‘mgacha xarid qilish mumkin bo‘lib turgan bir paytda, Guliston shahri Markaziy dehqon bozori (Sirdaryo)dan 1 kg. kartoshkani 1500 so‘mdan 3000 so‘mgacha sotilmoqda.

Pomidor

Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida 1 kg. pomidor 1000 – 1500 so‘m. "Farhod", "Qo‘yliq" dehqon bozorilari (Toshkent shahri)da 4000 ming so‘mgacha sotilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari qaysi bozorlarda arzon?