06:30 / 18.08.2018
4 343

Misr prezidenti O‘zbekistonga keladi

Misr prezidenti O‘zbekistonga keladi
Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdul Fattoh Said Husayn Xalil As-Sisi joriy yilning 5 sentyabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.

Misr prezidentining tashrifiga oid rasmiy ma’lumotlar e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, uchrashuv sanasi va unga oid ayrim ma’lumotlar tasdiqlangan.

Xususan, O‘zbekiston va Misr rasmiylari transport, turizm, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va savdo yo‘nalishlarida kelishuvlarga erishishi ko‘zda tutilgan. Misr Investitsiya masalalari vaziri Sahar Nasr O‘zbekistonga mamlakat taklif etayotgan yangi investitsion iqlim va “Suvaysh” kanalidan foydalanish imkoniyatlarini bildirmoqda.

Transport vaziri Hisham Arofat esa har ikki mamlakatda ham yo‘llardagi infratuzilma o‘xshash sharoitlarda ekanligini inobatga olib, temir yo‘l sohasini zamonaviylashtirish bo‘yicha amaliy takliflarni bildirishga tayyorligini aytmoqda.

O‘zbekiston tomoni Misr davlati bilan 1992 yil 1 may kuni diplomatik munosabatlarni o‘rnatish bo‘yicha hujjatlarni imzolagan bo‘lsa, shu yilning iyul oyida Misr Arab Respublikasi delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyurdi.

1994 yili Toshkentda Misr fan va ta’lim markazi ochildi. Oradan to‘rt yil o‘tib, Toshkentda Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Misrliklar “Miqiyos an-Nil” ixtirochisi al-Farg‘oniy hayoti va ijodiga juda qiziqadi. Unda olimlar, mutaxassislar, talabalar, Toshkentdagi Misr madaniy markazining xodimlari hamda diplomatik korpus vakillari qatnashgandi.

2005 yili esa Misr Arab Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “O‘zbek xalqi xech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi” asarining arab tilidagi nashri taqdimoti tashkil etildi. Ikki yil o‘tib, O‘zbekiston Respublikasi sobiq prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Misr Arab Respublikasining xalqaro hamkorlik vaziri Foiza Abunnajo xonimni qabul qilgandi. O‘shanda Foiza Abunnajo xonim Islom Karimovga Misr Arab Respublikasi prezidenti Husniy Muborakning maktubini topshirgan. Shu yili Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Misr Arab Respublikasida bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Misr prezidenti O‘zbekistonga keladi