23:00 / 19.08.2018
4 978

Hafta boshida O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?

Hafta boshida O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?
Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, ertaga, 20 avgust kuni mamlakat bo‘ylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi +18…+20, kunduzi +34…+36 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 10-15 m/sga yetadi.

Farg‘ona vodiysida havo biroz bulutli bo‘lib, kechasi +18…+23, kunduzi +32…+37 daraja bo‘lishi hamda 5-10 m/s tezlikda shamol esishi kutilmoqda.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi +18…+23, kunduzi +32…+37 daraja bo‘lib, havo o‘zgarib turadi, 12-17 m/s tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo harorati kechasi +18…+23, kunduzi +32…+37 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 15-20 m/sga yetadi.

Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +20…+25, kunduzi +35…+40 darajagacha ko‘tariladi. 12-17 m/s tezlikda shamol esadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hafta boshida O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?