23:35 / 25.08.2018
11 144

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun yangi turdagi dala formasi tasdiqlandi

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun yangi turdagi dala formasi tasdiqlandi
Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov “Mudofaa vazirligi qoʻshinlari harbiy xizmatchilarining «multikam” rangdagi dala formali kiyimning yangi turini kiyishga bosqichma-bosqich oʻtish toʻgʻrisida»gi buyrugʻiga muvofiq vazirlik qoʻshinlarini yangi turdagi formali kiyimi bilan butlash ishlari amalga oshirilmoqda.

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 28 avgustda Kattaqoʻrgʻon umumqoʻshin poligonida harbiy xizmatchilar bilan uchrashuv vaqtida harbiylarning kiyim-kechaklari va anjomlarini ishlab chiqarishda past sifatli matolardan hamda eskirgan texnologiyalardan foydalanilayotganiga alohida eʼtibor qaratib, tegishli vazirlik va idoralarga 2018 yil davomida harbiy ust-bosh kiyimlarini tikish uchun Oʻzbekiston Respublikasining tabiiy iqlim sharoitlariga mos keladigan yengil va pishiq tolalardan toʻqilgan maxsus matolarni ishlab chiqarish vazifalarini qoʻygan edi. Shundan soʻng, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda vazirlik qoʻshinlariga yangi namunadagi kiyim-kechaklarni ishlab chiqarish uchun maxsus matolarni joriy qilish masalalalari ishlab chiqildi”, – deydi vazirlik Kiyim-kechak taʼminoti boshqarmasi boshligʻi mayor Rustam Mahmudov.

Mazkur sohada ilgʻor tajribaga ega boʻlgan Rossiya, Ozarboyjon, Turkiya, Pokiston, Xitoy, Germaniya, Italiya kabi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning harbiy kiyim-kechaklari oʻrganib chiqildi. Unga asosan bir necha turdagi formali dala kiyimlarining namunalari tayyorlanib, qoʻshinlar sinovidan oʻtkazildi. Harbiy xizmatchilarning bildirgan taklif va fikr-mulohazalari oʻrganilib, “multikam” rangli dala formali kiyim-bosh mamlakatimiz iqlim sharoiti hamda qoʻshinlar niqoblanishi uchun eng maʼqul deb topilgan.

Shuningdek, joriy yilning 13 iyun kuni davlatimiz rahbarining Fargʻona viloyatiga amalga oshirgan tashriflari mobaynida yangi namunadagi “multikam” rangli dala formali kiyim-boshga yuqori baho berilgan edi.

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari “multikam” rangdagi dala formali kiyimning yangi turini kiyishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Xozirgi vaqtda Toshkent harbiy okrugi hududida joylashgan barcha harbiy qism va muassasalar harbiy xizmatchilari yangi turdagi dala kiyim bilan toʻliq taʼminlandi.

Harbiy xizmatchilarning formali ust-bosh kiyimlarini yanada takomillashtirish ustida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun yangi turdagi dala formasi tasdiqlandi