09:40 / 28.08.2018
5 912

Prezident devoni tuzilmasida jiddiy oʻzgarishlar roʻy berdi

Prezident devoni tuzilmasida jiddiy oʻzgarishlar roʻy berdi
27 avgust kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilish yakunlariga koʻra, Prezident devoni tuzilmasida jiddiy oʻzgarishlar roʻy berishi maʼlum boʻldi.

“Kun.uz” manbasi maʼlumot berishicha, Prezident devoni Prezident maʼmuriyati etib qayta tashkil etiladi va shu vaqtgacha Prezident ijroiya apparati rahbari-maslahatchi sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Zaynilobiddin Shahobiddinovich Nizomiddinov maʼmuriyat rahbari boʻladi.

Endilikda davlat maslahatchisi instituti tugatilgan, davlat maslahatchilari Prezident maslahatchilariga aylangan.

Sobiq davlat maslahatchilaridan Qahramon Quronboyev va Xayriddin Sultonov lavozimdan olinib, boshqa ishga oʻtkazilgan.

Quronboyev prezident devonida Fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha sektor rahbari Abdujabbor Abduvohidovga oʻrinbosar boʻlgan.

Xayriddin Sultonov boshqargan xizmatini ayni paytda Abdujabbor Abduvohidov boshqarib turadi.

Sultonov spichrayter sifatida Prezident maʼruzalarini tayyorlashda davom etadi.

Ishlar boshqarmasi ham tugatilib, uning oʻrniga yangi boshqarma tuzilgan. Prezident maʼmuriyati faoliyatini maʼmuriyat rahbari muvofiqlashtirib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident devoni tuzilmasida jiddiy oʻzgarishlar roʻy berdi