22:53 / 29.08.2018
12 527

Top-5: Oʻzbekistonda “eng yuqori ish haqi”ga ega boʻlgan sohalar maʼlum qilindi

Топ-5: Ўзбекистонда "энг юқори иш ҳақи"га эга бўлган соҳалар маълум қилинди
Iyul oyida goʻzallik salonlari uchun ustalar faol qidirildi, eng yuqori ish haqi esa Namangan va Samarqandda taklif etiladi. Boshqa sohalarda oʻrtacha qancha ish haqi toʻlanadi va qaysi sohalarda oʻzbekistonliklar yaxshi pul topishi mumkin – bu savollarga OLX tahlilchilari javob beradilar.

Ekspertlar “OLX Ish” sahifasida ish izlovchilar uchun takliflarni tahlil qilib, Oʻzbekistonda kimlarning mehnati uchun eng koʻp ish haqi toʻlanishini aniqladilar. Iyul oyi uchun eng yuqori ish haqi oladiganlar oʻrtasida TOP 5 ta sohaga koʻchmas mulk agentlari, marketing, reklama va dizayn sohasi vakillari, shuningdek, quruvchilar kirdilar. Reyting yuqorisini oylik ish haqi oʻrtacha 2,1 mln. soʻm deb baholangan rieltorlar egalladilar. Bu esa 2018 yilning birinchi yarmida Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra Oʻzbekistonda oʻrtacha ish haqi – 1,6 mln. soʻmdan yuqoridir.

Eng yuqori ish haqi toʻlanadigan TOP 5 soha va oʻrtacha ish haqi:

1. Koʻchmas mulk – 2 121 700 soʻm;
2. Marketing / reklama / dizayn – 1 815 400 soʻm;
3. Qurilish – 1 732 900 soʻm;
4. Transport / logistika – 1 635 000 soʻm;
5. Goʻzallik / fitnes / sport – 1 600 800 soʻm.

Eng kam ish haqi – qoʻriqlash va xavfsizlik sohasi va uy-roʻzgʻor xodimlari vakillariga tegishli ekanligi aniqlandi. Ushbu sohalarda ish haqi Oʻzbekistonda oʻrtacha nafaqa miqdori bilan tenglashtiriladi.

“OLX Ish” sahifasi tahlilchilari shuningdek Oʻzbekiston hududlari boʻyicha ham maʼlumotlarni oʻrganishdi. Eng yuqori ish haqi Namangan viloyatida boʻlib, uning miqdori 1,5 mln. soʻmdan ortiqroqdir. Eng kam ish haqi Qoraqalpogʻistonda va Fargʻona viloyatida boʻlib, uning miqdori 975 ming soʻm atrofidadir.

Oʻrtacha ish haqi boʻyicha TOP 5 ta viloyat:

1. Namangan viloyati – 1 530 900 soʻm.

2. Samarqand viloyati – 1 524 600 soʻm.

3. Toshkent viloyati – 1 507 700 soʻm.

4. Surxondaryo viloyati – 1 416 400 soʻm.

5. Xorazm viloyati – 1 345 200 soʻm.

Agar alohida ish oʻrinlari boʻyicha qarab chiqilsa, 2018 yilning iyul oyi boʻyicha eng yuqori ish haqi bolalar bogʻchasi mudiri lavozimi va goʻzallik saloni masteriga taklif qilingan – oyiga 15 mln. soʻm. Ish haqi boʻyicha yetakchilarning uchligiga fasadga ishlov beruvchi (fasadchi), eshik ishlab chiqarish ustasi va menejerlar kiradi – oyiga 10 mln. soʻm.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Top-5: Oʻzbekistonda “eng yuqori ish haqi”ga ega boʻlgan sohalar maʼlum qilindi