23:43 / 29.08.2018
5 909

Shavkat Mirziyoyev Alisher Usmonovni “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev Alisher Usmonovni “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirladi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rossiyalik biznesmen Alisher Usmonovni “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirladi. Prezidentning “A.Usmanovni «El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida»gi farmoni imzolangan.

“Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlash, mamlakatimizda yirik investitsion loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ishlariga qoʻshgan katta hissasi, xalqimizning milliy qadriyati va boy tarixiy yodgorliklarini qayta tiklash va asrab-avaylash maqsadida Oʻzbekistonda diniy-madaniy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni barpo etish borasidagi faol ishtiroki, Vataniga yoshlar uchun oʻrnak boʻladigan darajadagi samimiy muhabbati hamda respublikamizda turizm salohiyatini va sport sohasini rivojlantirishdagi hamkorligi uchun taniqli hamyurtimiz, Rossiyaning USM Holding aksiyadorlik jamiyati taʼsischisi va rahbari Usmanov Alisher Burxanovich «El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlansin», deyiladi hujjat matnida.

Asli oʻzbekistonlik boʻlgan Alisher Usmonov keyingi yillarda Oʻzbekistonda yirik loyihalar amalga oshirmoqda. Xususan, Toshkentda, Samarqandda va Buxorodagi obyektlarni qurish va restavratsiya qilish uchun Alisher Usmonov 2018 yilning oʻzida 100 million dollar ajratadi. U shuningdek, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishini moliyalashtiradi, u Toshkentning “Paxtakor” klubi homiysiga aylanib, klubga yangi stadion qurilishi uchun 100 million dollar sarmoya kiritadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Alisher Usmonovni “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirladi