07:02 / 01.09.2018
4 533

Oʻzbekistondagi gʻorlardan birida dinozavrlar izlari topildi (foto)

Oʻzbekistondagi gʻorlardan birida dinozavrlar izlari topildi (foto)
Foto: Yuliya Ustinova
Rossiya, Fransiya va Shveysariya olimlari Oʻzbekistonning Choʻlbayir togʻli hududidagi Boybuloq gʻori atrofida dinozavrlarning izlarini aniqlashdi. Bu haqda ekspeditsiya rahbari, Yekaterinburg speleologlar klubi raisi Vadim Loginov maʼlum qildi.

“Oʻzbekiston janubiga, Choʻlbayir platosiga amalga oshirilgan xalqaro ekspeditsiya yakunlandi, unda Rossiya, Fransiya va Shveysariyadan 25 nafar speleolog qatnashdi. Bizga Boybuloq va Aleksandr Vishnevskiy gʻorlarining bir-biri bilan bogʻlanganligini oʻrganish taklif qilingandi. Biz Boybuloq gʻori ustida dinozavrlar izlariga duch keldik. Hududda bunday izlarni bir necha yil izlagandik va ularni tasodifan topdik”, - dedi u.

Foto: Yuliya Ustinova
Loginovning aytishicha, ekspeditsiya natijasida 2 kilometrdan ortiq yangi yoʻllar ochilgan va gʻorlarning birlashishi boʻyicha uchta asosiy yoʻnalish aniqlangan.

Foto: Yuliya Ustinova
Ekspeditsiya Yekaterinburg shahri speleologlar klubi tomonidan tashkillashtirilgan boʻlib, Ural speleologlar assotsiatsiyasi, Rossiya va Fransiya speleologlar ittifoqlari qoʻllab-quvvatlovi ostida amalga oshirildi.

Foto: Yuliya Ustinova

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistondagi gʻorlardan birida dinozavrlar izlari topildi (foto)