22:15 / 04.09.2018
5 469

Misr prezidenti Oʻzbekistonga keldi (foto)

Misr prezidenti Oʻzbekistonga keldi (foto)
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh Said Husayn Xalil as-Sisiy 4 sentyabr kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Tashrifning asosiy voqealari 5 sentyabr kuni boʻlib oʻtadi. Shavkat Mirziyoyev va Abdulfattoh as-Sisiyning oliy darajadagi uchrashuvlarida Oʻzbekiston – Misr hamkorligini rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qilish, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Prezident matbuot xizmati xabariga koʻra, muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti qabul qilinishi, Oʻzbekiston bilan Misr oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, fan, taʼlim, madaniyat, sport sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan hukumatlararo va idoralararo salmoqli hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Misr Prezidentining tashrifi doirasida Toshkent shahrida ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining biznes-forumi va kooperatsion birjasini oʻtkazish ham koʻzda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Misr prezidenti Oʻzbekistonga keldi (foto)