11:23 / 06.09.2018
4 969

Abdulla Aripov: “Bu yil paxta terimida majburiy mehnatga yoʻl qoʻyilmaydi”

Абдулла Арипов: "Бу йил пахта теримида мажбурий меҳнатга йўл қўйилмайди"
5 sentyabr kuni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida paxta xom ashyosini yigʻib-terib olish masalasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda.

Joriy yil 4 iyul kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan selektor majlisida paxtachilikda bozor munosabatlarini keng joriy etish, yetishtirilayotgan mahsulot hajmini barqaror oʻsishini taʼminlash bilan bir qatorda, fermer xoʻjaliklarining rentabelligini oshirilishiga eʼtibor qaratgan holda, bu yil mutlaqo yangicha yondoshuv asosida paxta yigʻim-terimini tashkil etish tizimini ishlab chiqish boʻyicha topshiriq bergan edi.

Topshiriqqa asosan bosh vazir oʻrinbosarlari Zoyir Mirzayev, Jamshid Qoʻchqorov, Aziz Abduhakimov, Nodir Otajonov, Tanzila Norboyeva hamda manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan paxta yigʻim terimi tizimi ishlab chiqildi va ikki marta Vazirlar Mahkamasida taqdimot oʻtkazildi.

Bu masala boʻyicha qaror loyihasi tayyorlanib, davlat rahbariga axborot berildi va joriy yil 30 avgust kuni Vazirlar Mahkamasining “2018 yil hosili paxta xom ashyosini yigʻib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 703-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan paxta hosilini yigʻib-terib olishni uyushqoqlik bilan tashkil etish va terimchilarni ragʻbatlantirishning aniq mezonlari belgilab berildi.

«Bu yil dehqonlarimizni tabiat ogʻir sinovdan oʻtkazdi. Suv taʼminotida koʻplab muammolar kuzatildi. Shunga qaramay dehqonlarimiz fidokorona mehnatlari, tajribalari bilan moʻl hosil yetishtirdi. Biz qoʻshni mamlakatlar rahbariyati bilan suhbatlashganimizda ular ham joriy yilda dehqonchilikda suv muammo boʻlganini taʼkidlashdi.

Hozirda bizning oldimizda paxta hosilini nes-nobud qilmay yigʻishtirib olish masalasi turibdi. Ushbu mavsumda hech qaysi hududda maktab oʻqituvchi va oʻquvchilari, boshqa taʼlim dargohlari talabalari, tibbiy muassasalar xodimlari, 18 yoshga toʻlmagan shaxslar paxta terimiga majburan jalb etilmaydi. Ayrim hokimlarning kashandalarning xumori tutganday oʻqituvchi va shifokorlarni paxtaga chiqarishga xumori tutadi. Biz ularga qarshi keskin choralar koʻramiz. Ushbu masalada ommaviy axborot vositalari xodimlari bizga koʻmak berishlariga umid qilamiz.

Biz qoʻshni davlatlarda paxta yigʻim-terimi jarayoni qanday yoʻlga qoʻyilganini oʻrgandik. U yerda hech kim paxta terimiga majburan jalb etilmaydi. Hamma oʻz ixtiyori bilan paxta terishga chiqadi. Bu yerda iqtisodiy manfaatdorlik yotibdi. Yillar davomida oʻzbekistonlik mehnat muhojirlari qoʻshni davlatlarga borib paxta tergan. Buning sababi nima? Chunki ularga munosib haq toʻlangan. Biz terimchilarga iqtisodiy manfaatga asoslangan sharoit yaratib berishimiz kerak. Endi banklar paxta dalasining oʻzida terimchilarga xohlasa kunlik. Xohlasa besh kunda bir pul toʻlaydi. Banklarda hozir naqd pul muammosi yoʻq», — deydi Bosh vazir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Abdulla Aripov: “Bu yil paxta terimida majburiy mehnatga yoʻl qoʻyilmaydi”