06:30 / 07.09.2018
5 307

Rossiyaga Abdulla Aripov boshchiligida katta delegatsiya yoʻl olmoqda

Rossiyaga Abdulla Aripov boshchiligida katta delegatsiya yoʻl olmoqda
7 sentyabr kuni Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya poytaxti Moskva shahriga tashrifni amalga oshiradi. Tashrif davomida Abdulla Aripov Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashuv oʻtkazishi belgilangan.

Hukumat rahbarlari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik boʻyicha keng koʻlamli masalalarni muhokama qiladilar. Atom energiyasi, sanoat, qishloq xoʻjaligi, taʼlim sohasidagi hamkorlikni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Muzokaralardan soʻng Dmitriy Medvedev va Abdulla Aripov raisligida Rossiya Federatsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning 19-yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

Muzokaralar yakunida hukumatlararo hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Abdulla Aripovga bosh vazir oʻrinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov, Tashqi savdo vaziri Jamshid Xoʻjayev, Iqtisodiyot vaziri Botir Xoʻjayev, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbari Shuhrat Sodiqov, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inom Majidov, Qishloq xoʻjaligi vaziri Bahodir Yusupov kabi vazirlar hamrohlik qiladi.

Shuningdek, Rossiyaga yoʻl olayotgan delegatsiya tarkibidan Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Botirjon Asadov, Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Davron Nazarmuhammedov, Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Yusupaliyev, Mudofaa vaziri oʻrinbosari A. Burxanov, Turizmni rivojlantirish boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi Baxtiyor Umarov, Mudofaa sanoati boʻyicha davlat qoʻmitasi Otabek Ibodullayev, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Laziz Qudratov, Davlat bojxona qoʻmitasi raisi birinchi oʻrinbosari Jasur Aripov, Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov, Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari Timur Ishmetov, Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi raisi Davron Dehqonov, “Oʻzatom” agentligi direktori J.Mirzamahmudov, “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi A.Abdullayev, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi rahbari Ilhom Haydarov, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi rahbari S.Umurzaqov, “Oʻzbekneftgaz” AJ raisi oʻrinbosari Ulugʻbek Saidov, “Oʻzavtosanoat” AK raisi oʻrinbosari U.Salimov, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” raisi oʻrinbosari A.Kamalov, Oʻzbekiston Milliy banki raisi oʻrinbosari Alisher Mirsoatov ham oʻrin olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Rossiyaga Abdulla Aripov boshchiligida katta delegatsiya yoʻl olmoqda