18:38 / 12.09.2018
3 984

Aleksandr Lukashenko Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

Aleksandr Lukashenko Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi. Davlat rahbarining samolyoti Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qoʻngan.

Aleksandr Lukashenkoni Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov, tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kutib olgan.

Toshkentda 13 sentyabr kuni davlat rahbari Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar oʻtkazadi. Muzokaralar tor shaklda va delegatsiyalar aʼzolari ishtirokidagi kengaytirilgan shaklda boʻlib oʻtadi. Kutilishicha, tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik, ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish va Oʻzbekistonda talabgir boʻlgan texnika ishlab chiqarish boʻyicha yigʻish korxonalarini tashkil etish masalalarini muhokama qiladi.

Muzokaralarda sanoat, qishloq xoʻjaligi, gumanitar soha, turizmga oid qator yoʻnalishlardagi hamkorlikni mustahkamlashga eʼtibor qaratiladi. Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish savdo-iqtisodiy aloqalarni kuchaytirishning samarali vositasi ekani haqida soʻz yuritiladi.

Prezidentlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishi rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida turli sohalarda hamkorlikni kengaytirish boʻyicha ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Davlat rahbarlari “Amkodor-Agrotexmash” Belarus-Oʻzbekiston korxonasi va Made in Belarus Belarus ishlab chiqaruvchilarining koʻrgazmasiga tashrif buyurishi ham nazarda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Aleksandr Lukashenko Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi