00:04 / 17.09.2018
3 973

Oʻzbekiston yana Facebookʻdan uzildi

Oʻzbekiston yana Facebookʻdan uzildi
2018 yil 16 sentyabr kuni taxminan soat 18:00 lardan boshlab Oʻzbekistonda Facebook ijtimoiy tarmogʻi ishida yana uzilishlar kuzatilmoqda. Tarmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib boʻlmayapti, foydalanuvchilar anonimayzerlar va VPN orqali bogʻlanish orqali sayt hamda ilovalarga ulanishmoqda.

Sentyabr oyi boshida ham ijtimoiy tarmoqqa Oʻzbekistondan kirib boʻlmay qolgan edi. 3 sentyabrda yuzaga kelgan muammo 12 sentyabrga kelibgina bartaraf boʻlgandi.

Ijtimoiy tarmoqqa kirishda muammolar paydo boʻlgach, foydalanuvchilar orasida Facebook Oʻzbekistonda yopilgani toʻgʻrisida taxminlar paydo boʻlgan, biroq “Oʻzbektelekom” bunday ehtimolni rad etib, Markaziy Osiyo va Shimoliy Yevropadagi boshqa mamlakatlarda ham shunday muammolar kuzatilayotganini rasmiy bayonot bilan taʼkidlab oʻtgan edi.

Facebook bir haftadan koʻproq muddat ishlamaganiga shundan boshqa izoh berilmadi.

Qayd etish kerakki, Facebookʻga ulanish borasida muammolar boshlangach, Oʻzbekistondagi Android va iOS qurilmalari egalari VPN dasturlarini ommaviy ravishda yuklab ola boshlashdi va bu Google Playʻda ham oʻz aksini topdi - Secure VPN va Thunder VPN Oʻzbekiston boʻyicha eng koʻp yuklab olinuvchi ilovalar 20taligiga kirdi.

Agar sizda Facebook ishlamayotgan boʻlsa, sizga VPN yordam beradi. Ushbu maqola orqali ijtimoiy tarmoqdan yana muammosiz foydalanishni boshlashingiz mumkin boʻladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekiston yana Facebookʻdan uzildi