13:56 / 17.09.2018
4 472

Oʻzbekistonda 3 ta yangi ichki reys yoʻlga qoʻyiladi

Oʻzbekistonda 3 ta yangi ichki reys yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasida Xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasi aʼzolari va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK vakillari ishtirokida navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.

“Kun.uz”ning maʼlum qilishicha, uchrashuvda 2019 yil bahor-yozgi navigatsiya jadvalida uch yangi ichki reysni, shuningdek, aeroportlar va samolyotlarda xorijiy mehmonlarga xizmat koʻrsatishning bir qator masalalarini hal qilish boʻyicha kelishuvga erishilgan.

Turistik operatorlar mamlakatning turistik markazlari oʻrtasida yangi reyslarni tiklash zarurligi haqida gapirishgan.

Turoperatorlar Urganch va Fargʻona vodiysi shaharlarini bogʻlaydigan parvozlarni joriy qilish zarurligi haqida fikr bildirishgan. Bunday reysning paydo boʻlishi koʻplab chet ellik mehmonlarga Qoʻqon, Margʻilon, Rishton, Chust va Fargʻona vodiysining boshqa arxeologik va arxitektura yodgorliklari, hunarmandchilik va urf-odatlariga qiziqish uygʻotadigan boshqa joylarni koʻrish imkonini beradi. Mamlakatning eng yirik turistik markazlarining Fargʻona vodiysi shaharlari bilan tezkor va qulay aloqa oʻrnatishi sayohatchilar uchun takliflar roʻyxatini sezilarli darajada kengaytiradi, mavjud yoʻnalishlarni yanada boyitadi.

Turoperatorlar va aviatorlar “Buxoro-Urganch” yoʻnalishi boʻylab parvozlarni amalga oshirishga kelishib olishgan, bu esa mijozlarga xizmat koʻrsatish darajasini oshirishga yordam beradi.

“Toshkent - Urganch” parvozi juma kunlari boʻlib oʻtadi. Bu reysning joriy etilishi Xorazm viloyatining turistik infratuzilmasini bir maromda joylashtirish va mijozlarga xizmat koʻrsatish darajasini oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish zarurati bilan bogʻliq.

Shuningdek, aviatorlar bilan uchrashuvda turoperatorlar vakillari aeroportlarda va parvozlar vaqtida turistik guruhlarga xizmat koʻrsatish darajasini yanada takomillashtirish masalalarini batafsil muhokama qilishgan. Barcha masalalar boʻyicha muammolarni oʻzaro tushunish va ularni hal qilish usullariga erishilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistonda 3 ta yangi ichki reys yoʻlga qoʻyiladi