08:57 / 20.09.2018
9 328

Hukumat qarori: Oʻzbekiston ekologlari ham oʻz formasiga ega boʻladi (foto)

Hukumat qarori: Oʻzbekiston ekologlari ham oʻz formasiga ega boʻladi (foto)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi Davlat qoʻmitasi tizimi xodimlarining forma kiyimlari va ajratish belgilari namunalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2018 yil 19 dekabrdagi №737-sonli qarori qabul qilindi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 27 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining forma kiyimlarini ishlab chiqish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” PQ–2800 sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi Davlat qoʻmitasi haqidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi №310-sonli qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qarorlar ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi Davlat qoʻmitasi tizimi xodimlarining yagona mundirlash namunasini yaratish maqsadida ularning forma kiyimlari ham ajratish belgilarni tasdiqladi.


Hukumat qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi Davlat qoʻmitasi forma liboslarini tikish uchun milliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida oʻrnatilgan tartibda tanlov (tender) savdolari oʻtkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hukumat qarori: Oʻzbekiston ekologlari ham oʻz formasiga ega boʻladi (foto)