17:45 / 20.09.2018
4 546

Turizm qoʻmitasi sohadagi imtiyoz va preferensiyalar haqida maʼlumot berdi

Turizm qoʻmitasi sohadagi imtiyoz va preferensiyalar haqida maʼlumot berdi
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi sohadagi imtiyoz va preferensiyalar haqida maʼlumot berdi.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, mehmonxonalar va shunga oʻxshash joylarni qurish sohasida yuridik shaxslar 5 yil muddatga daromad soligʻi, yer soligʻi va mulk soligʻini, shuningdek, darajasi kamida 4 yulduzli boʻlgan, tegishli tartibda sertifikatlangan mehmonxonalar va motellar foydalanishga topshirilganida yagona soliq toʻlovidan ozod etiladi.

Shuningdek, yuridik shaxslar mehmonxonalar va motellarni qurish hamda rekonstruksiya qilishda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda tasdiqlanuvchi roʻyxat boʻyicha asbob-uskuna, texnik, butlovchi qismlar, ehtiyot qismlarini olib kirishda bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) 5 yil muddatga ozod boʻladi.

Bundan tashqari, tadbirkorlik subyektlariga yangi mehmonxonalar va turistik infratuzilmaning boshqa obyektlarini qurish hamda modernizatsiya qilishda uzoq muddatli kreditlar (15 yilgacha) ajratiladi. Bunda kreditni qaytarishning ixcham shartlari va foizlari, mehmonxonalarning mavsumiy yuklamasi, kapital hajmi nazarda tutilgan.

Darvoqe, turizm rivoji uchun yuqori salohiyatga ega tumanlar va shaharlarda joylashgan, foydalanilmaydigan yer uchastkalari muhandislik kommunikatsiyalari bilan Davlat turizm qoʻmitasi tomonidan tadbirkorlik subyektlari hamda ehtimoliy investorlarga turizm sohasida loyihalarni amalga oshirish maqsadida (mehmonxona, mehmon uylari, kempinglar, motellar va boshqa joylashtirish joylari, maxsus parklar, muzeylar, galereyalar) umumiy maydoni har bir mintaqada 20 gektardan kam boʻlmagan 20tadan yer uchastkalari hisobidan ustuvorlik asosida taqdim etiladi.

Umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchi yirik mehmonxona xoʻjaliklari soliq yuklamalarini kamaytirish maqsadida xodimlari shtat birligi 100 kishigacha boʻlganda yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtish imkoniyati taqdim etilgan.

100 million soʻmgacha summaga soliq solinuvchi baza pasaymoqda - 2020 yilning 1 yanvariga qadar boʻlgan muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning zamonaviy sanitariya-gigiyena uzellarini kapital taʼmirlash va qurilishi, rekonstruksiyasiga yoʻnaltiriluvchi xarajatlari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Turizm qoʻmitasi sohadagi imtiyoz va preferensiyalar haqida maʼlumot berdi