Daniel Rozenblyum AQSH Senati tomonidan 18 sentyabr kuni Qoʻshma Shtatlarning Oʻzbekistondagi yangi elchisi sifatida tasdiqlandi. Bu haqda AQSH Senati rasmiy saytiga tayanib Kun nashri xabar bermoqda.
Senatning bayonotida Daniel Rozenblyumning avvalgi faoliyati qayd etilgan. Ulardan eng muhimlari - Afgʻonistondagi tinchlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amaliyot, mintaqaviy xavfsizlikni himoya qilish, xalqaro muammolarga qarshi kurashishda faol ishtirok etish, Oʻzbekistonda islohotlarni tezlashtirish boʻyicha saʼy-harakatlardir. Shuningdek, Rozenblyum Qoʻshma Shtatlarning xususiy sektorini jalb etish va investitsiyalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga koʻmaklashishda ham faol ishtirok etgan, deyiladi hujjatda.
2014 yildan boshlab Daniel Rozenblyum AQSH Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha masʼul kotibi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, AQSHning Oʻzbekistondagi hozirgi elchisi Pamela Spratlen diplomatik faoliyatini 2015 yilda boshlagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!