17:20 / 21.09.2018
5 916

AQSH oʻzbek paxtasiga amnistiya eʼlon qildi

АҚШ ўзбек пахтасига амнистия эълон қилди
AQSH Oʻzbekiston paxta mahsulotlarini bolalar mehnati orqali yetishtirilgan mahsulotlar roʻyxatidan chiqardi. Bu haqda AQSH Mehnat vazirligi Xalqaro mehnat ishlari byurosi tayyorlagan hisobotda shunday deyiladi.

Hisobotda aytilishicha, Oʻzbekiston va Paragvayda bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurashda qator saʼy-harakatlar amalga oshirilgan va ilgari kuzatilgan salbiy amaliyot uchun AQSH hukumatining “qora roʻyxati”da boʻlgandi.

Hisobotda Oʻzbekiston, Braziliya va Paragvay hukumatlari bolalar mehnati, majburiy mehnatning har qanday shakliga qarshi murosasiz kurashga chogʻlangani alohida eʼtirof etildi.

Xalqaro mehnat tashkilotiga koʻra, dunyodagi har 10 nafar bolaning biri turli koʻrinishdagi mehnatga jalb etiladi va bu son 152 milliondan oshdi. Majburiy mehnatning turli shakllari bilan hisoblab chiqilganda, jahonda 25 million bola mehnatga majburlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » AQSH oʻzbek paxtasiga amnistiya eʼlon qildi