Oʻzbekistondagi 9ta oliy taʼlim muassasasida 2018/2019 oʻquv yilgi oʻqish uchun xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida bakalavr va magistrlar tayyorlash boʻyicha qoʻshimcha qabul kvotalari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot xizmati maʼlumotiga tayangan holda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, qoʻshimcha qabul kvotasi boʻyicha oʻqish toʻlov-kontrakt asosida tashkil etilishi nazarda tutilgan boʻlib, bular:
Toshkent davlat texnika universiteti – 75 ta (bakalavriat);
Andijon mashinasozlik instituti – 90 ta (bakalavriat – 80 ta, magistratura – 10 ta).
Toshkent davlat stomatologiya instituti – 60 ta (bakalavriat);
Toshkent kimyo-texnologiya instituti – 20 ta (magistratura);
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti – 10 ta (magistratura);
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti – 25 ta (bakalavriat);
Milliy rassomlik va dizayn instituti – 20 ta (bakalavriat);
Namangan muhandislik-texnologiya instituti – 60 ta (bakalavriat);
Namangan muhandislik-qurilish instituti – 60 ta (bakalavriat).
Toʻlov-kontrakt asosida xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida bakalavriat va magistraturaga abituriyentlardan hujjatlar 2018 yil 25 sentyabrgacha qabul qilinadi. Kirish imtihonlari oliy taʼlim muassasalari tomonidan 2018 yil 28-30 sentyabr kunlari oʻtkaziladi.
Qoʻshma taʼlim dasturlari asosida bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun oʻqish istisno tariqasida 2018 yilning 2 oktyabridan boshlanadi. Kirish imtihonlari natijalari Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Kirish sinovlari natijasi boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida qoʻshma taʼlim dasturlarida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarga toʻlov-kontrakt shartlarini bajarishning oxirgi muddati 2018 yil 31 oktyabr etib belgilandi. Qoʻshma dastur doirasida taʼlim oladigan talabalar oʻqishi mazkur va respublikaning boshqa oliy taʼlim muassasalari taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga oʻqishga koʻchirilmaydi va tiklanmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi