09:26 / 23.09.2018
5 069

Oʻzbekistonni innovatsion rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi

Oʻzbekistonni innovatsion rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi
Foto: “President.uz”
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 sentyabr kuni “2019-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.

Unga koʻra, 2019-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi va Oʻzbekistonni 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlandi.

Mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshliligi darajasini va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish – Strategiyaning bosh maqsadi etib belgilandi.

Bosh maqsadga erishishda Strategiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- Oʻzbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib Global innovatsion indeks reytingi boʻyicha jahonning 50 ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish;

- barcha darajada taʼlim sifati va qamrovini oshirish, uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini taʼminlash;

- ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar natijalarini keng joriy etish uchun taʼlim, ilm-fan va tadbirkorlikni integratsiya qilishning taʼsirchan mexanizmlarini yaratish;

- innovatsiyalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarga davlat va xususiy mablagʻlar kiritilishini kuchaytirish, bu sohalardagi tadbirlarni moliyalashtirishning zamonaviy va samarali shakllarini joriy etish;

- boshqaruvning zamonaviy usullari va vositalarini joriy etish orqali davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish;

- mulkchilik huquqlari himoyasini taʼminlash, raqobatbardosh bozorlar tashkil etish va biznes yuritish uchun teng shart-sharoitlar yaratish, davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;

- barqaror faoliyat yuritadigan ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani yaratish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistonni innovatsion rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi