18:34 / 25.09.2018
6 635

Markaziy bank 100 ming soʻmlik kupyuralar chiqishi haqidagi xabarlarni yana bir bor rad etdi

Markaziy bank 100 ming soʻmlik kupyuralar chiqishi haqidagi xabarlarni yana bir bor rad etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillari 100 ming soʻmlik kupyura muomalaga chiqarilishi haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi.

Markaziy bank vakili “Kun.uz”ga maʼlum qilishicha, bugun Milliy matbuot markazida Markaziy bank hamda “Qishloqqurilishbank”ning qoʻshma anjumanida qatnashgan mutaxassislar tomonidan berilgan maʼlumot rasmiy emas va ayni vaqtda Oʻzbekistonda yirik nominaldagi banknotani muomalaga chiqarish rejasi yoʻq.

Anjumanda bankirlar Oʻzbekistonda pul almashmasligini ayta turib, bu fikrni “tez orada 100 ming soʻmlik banknotlar muomalaga chiqarilishi kutilayotgani” bilan dastaklashgandi.

Undan oldinroq, sentyabr oyi davomida internetda yangi kupyura surati tarqalgandi.

Eslatib oʻtamiz, shu yilning aprelida ham internet orqali 100 ming soʻmlik banknota dizayni va suratlari tarqalgan, oʻshanda Markaziy bank rasmiylari bu kupyura surati haqiqiy emasligini aytgan, lekin Oʻzbekistonda 100 ming soʻmlik kupyura muomalaga chiqishi ehtimolini rad etmagandi.

Qayd etish kerakki, Oʻzbekistonda 100 ming soʻmlik banknota chiqarilishi haqida gaplar 2017 yil yozida, 50 ming soʻmlik banknota muomalaga kiritilishi ortidan boshlangandi. Oʻtgan yilning sentyabrida esa Markaziy bank bu xabarlarni butkul rad qildi.

Maʼlumot uchun, 2017 yil bahorida internetda 10 ming soʻmliklar ortidan 50 ming soʻmlik banknotalar chiqishi haqida xabarlar tarqalganida, Markaziy bank bu xabarlarni asossiz mish-mish deb atagandi. Lekin 2017 yilning avgustida Markaziy bank 50 ming soʻmlik yangi kupyurani muomalaga kiritdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Markaziy bank 100 ming soʻmlik kupyuralar chiqishi haqidagi xabarlarni yana bir bor rad etdi