00:03 / 03.10.2018
4 395

Senatorlar ichimlik suvi uchun 100 foiz oldindan haq toʻlanishini maʼqullashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati 16-yalpi majlis davomida ichimlik suvi taʼminoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari uchun 100 foiz oldindan haq toʻlanishini maʼqullandi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 noyabrdagi “Suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati koʻrsatish sohasida toʻlov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga muvofiq davlat va xususiy uy-joy fondlarida ichimlik suv taʼminoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari 100 foizlik haq toʻlash asosida koʻrsatiladi.


Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, bu joylarni ijaraga oluvchilarga suv taʼminoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari uchun oldindan 100 foizlik haq toʻlash amalga oshirilmagan taqdirda, suv taʼminoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) tizimlaridan toʻliq uzib qoʻyishgacha boʻlgan choralar koʻriladi.


Qonun senatorlar tomonidan maʼqullangan.


Senatorlar maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekistonda ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlaridan debitor qarzdorlik 278 milliard soʻmdan oshiqni tashkil etadi. Bundan 227 milliard soʻmi aholi va 50,6 milliard soʻmi yuridik shaxslarga hissasiga toʻgʻri keladi.

Eng katta qarzdorlik Toshkent shahri (55 milliard soʻm), Toshkent (46 milliard soʻm) va Namangan viloyatlariga (30 milliard soʻm) toʻgʻri kelmoqda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Senatorlar ichimlik suvi uchun 100 foiz oldindan haq toʻlanishini maʼqullashdi