6 337
Oʻzbekistonda hafta oxiriga borib ayrim hududlarda havo sovib, yogʻingarchilik kuzatiladi
Oʻzbekistonda hafta oxiriga borib havo harorati oʻrtacha 10 darajagacha tushib ketadi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi xabar bermoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ob-havo biroz bulutli, yogʻingarchiliksiz boʻladi. Faqatgina 6 oktyabrda ayrim joylarda yogʻingarchilik kuzatilishi mumkin. Havo harorati 5 oktyabr kuni kechasi 10-15, kunduzi 25-30, 6-8 oktyabr kunlari esa kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ob-havo biroz bulutli, yogʻingarchiliksiz boʻladi. Faqatgina 7 oktyabrda ayrim joylarda yogʻingarchilik kuzatilishi mumkin. Havo harorati 5 oktyabr kuni kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq, 6-8 oktyabr kunlari esa kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 5-6 oktyabr kunlari yogʻingarchiliksiz oʻtadi. 7-8 oktyabr kunlari esa ayrim hududlarda yogʻingarchilik kuzatiladi. Havo harorati 5-6 oktyabr kunlari kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq, 7-8 oktyabr kunlari esa kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 5-6 oktyabr kunlari yogʻingarchiliksiz oʻtadi. 7-8 oktyabr kunlari esa ayrim hududlarda yomgʻir yogʻishi kuzatiladi. Havo harorati 5-6 oktyabr kunlari kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq, 7-8 oktyabr kunlari esa kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida 5-7 oktyabr kunlari yogʻingarchiliksiz oʻtadi. 8 oktyabr kuni ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi. Havo harorati kechasi 10-15 daraja iliq, 5-6 oktyabr kunlari kunduzi 25-30 issiq, 7-8 oktyabr kunlari esa 13-18 darajagacha tushib ketadi.
Respublikaning togʻli hududlarida ob-havo biroz bulutli, 5-6 oktyabr kunlari yogʻingarchiliksiz boʻladi. 7-8 oktyabr kunlari esa yogʻingarchilik kuzatiladi. Havo harorati 5-6 oktyabr kunlari kechasi 8-13, kunduzi 18-23 daraja iliq, 7-8 oktyabr kunlari kechasi 2-7 daraja, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi