11:04 / 07.10.2018
3 377

AQSH savdo vaziri Oʻzbekistonga kelmoqda

AQSH savdo vaziri Oʻzbekistonga kelmoqda
Amerika Qoʻshma Shtatlari savdo vaziri Uilbur Ross (Wilbur Ross) Oʻzbekistonga kelmoqda. Bu haqdagi maʼlumot Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida berilgan.

TIV saytidagi xabarga koʻra, 2018 yilning 4 oktyabr kuni Vashingtondagi Milliy press-klubda Markaziy Osiyo va Kavkaz Instituti (CACI) tomonidan chop etilgan “Oʻzbekistonning yangi yuzi” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtgan.

Kitob ishbilarmon doiralar va investorlar, birinchi galda Gʻarb davlatlari vakillari uchun muhim manba boʻlib xizmat qiladi hamda Oʻzbekistonning iqtisodiy salohiyati va rivojlanayotgan investitsion muhitini toʻla ochib beradi. Shu nuqtayi nazardan AQSH savdo vaziri Uilbur Rossning joriy yil oktyabr oyida Oʻzbekistonga boʻlajak birinchi tashrifi ijobiy baholandi, deyiladi xabarda.

Qayd etib oʻtish joizki, 2018 yilning dastlabki 8 oyi mobaynida AQSH va Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻzaro mahsulot aylanmasi 300 million dollardan oshgan. Holbuki, butun 2017 yilda bu koʻrsatkich 210,2 million dollarni tashkil etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » AQSH savdo vaziri Oʻzbekistonga kelmoqda