06:30 / 12.10.2018
3 629

Isroildan Oʻzbekistonga keluvchi sayyohlar oqimi oshishi kutilmoqda

Isroildan Oʻzbekistonga keluvchi sayyohlar oqimi oshishi kutilmoqda
Isroilning Oʻzbekistondagi elchisi Eddi Shapira hamda Oʻzbekistonning Isroildagi turizm elchisi Xay Davidov mamlakat turistik salohiyatini targʻib qilish masalalarini muhokama qilish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasida boʻlishdi. Tomonlar Oʻzbekistonga keluvchi sayyohlar oqimini oshirish imkoniyatlari va 2019 yilga rejalashtirilayotgan tadbirlarni muhokama qilishdi.

Isroil tomon Oʻzbekistonga kelayotgan sayyohlar oqimini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlum qilish barobarida Ozarboyjon va Gruziyaga turistik oqimni oshirishga doir muvaffaqiyatli keyslarni namoyish qilishdi.

Xay Davidov oʻzbek va isroillik kinematografistlar hamkorligida qisqa videoroliklar va badiiy filmlar olishni taklif qildi. Shuningdek Oʻzbekistonda turizmni ommalashtirish uchun Isroilning turli shaharlarida bir necha tadbirlarni oʻtkazish rejalashtirilmoqda. U Oʻzbekistondan chiqqan boʻlib, Oʻzbekistonning Isroildagi birinchi turizm elchisi etib tayinlangan. Shuningdek u Isroildagi Buxoro “Xanda-Xanda” teatri asoschisi hisoblanadi.

Taʼkidlash joizki, 2017 yilda ilk toʻqqiz oyda birinchi marta 2995 nafar isroillik Oʻzbekistonga tashrif buyurdi, 2018 yilda esa bu koʻrsatkich 7586 nafarni tashkil qildi. Bu 2018 yilning 10 fevralida Isroil fuqarolari uchun joriy qilingan 30 kungacha muddatga vizasiz rejimning joriy qilinishi natijasidir.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Isroildan Oʻzbekistonga keluvchi sayyohlar oqimi oshishi kutilmoqda