20:00 / 13.10.2018
5 380

Toshkentda kelasi hafta birinchi qor yog‘ishi va havo keskin sovib ketishi kutilyapti

Toshkentda kelasi hafta birinchi qor yog‘ishi va havo keskin sovib ketishi kutilyapti
Kelgusi haftada Toshkent va O‘zbekistonning boshqa mintaqalarida harorat pasayishi hamda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kutilmoqda.

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 15 oktyabr kuni tushdan keyin Toshkentda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Ertasi kuni, 16-17 oktyabr kunlari yomg‘ir yog‘ishi mumkin, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

15-16 oktyabr kunlari kechasi havo harorati +3...+8, 17-18 oktyabrda 0...+5, ba’zi joylarda -2 daraja sovuq bo‘lishi mumkin, 15 oktyabr kuni kunduzi +12...+17, 16-17 oktyabrda +5...+10 daraja iliq.

Shuningdek, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysida yomg‘ir hamda qor yog‘ishi kutilyapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda kelasi hafta birinchi qor yog‘ishi va havo keskin sovib ketishi kutilyapti