2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda 112,6 mingta o‘lim qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasiga tayanib "Kun" nashri xabar bermoqda.
Mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffitsiyenti 4,6 promilleni tashkil etdi, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,2 promillega kamaydi (2017 yilning yanvar-sentyabr oylarida 4,8 promille bo‘lgan).
2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida qayd etilgan vafot etganlarning 60,7%i - qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,5%i - o‘simtalardan, 6,3%i - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 5,5%i - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 4,1%i - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 1,5%i - yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 12,4%i - boshqa kasalliklardan vafot etgan.
Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 5,6 ming nafarni tashkil etib, ularning 60,8%i - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 16,6%i - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 11,7%i - tug‘ma anomaliyalardan, 2,2%i - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 2,2%i - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 0,8%i - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan va 5,7%i - boshqa kasalliklardan vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

2019 yilning 9 oyida O‘zbekistondan qancha odam chet elga ketgani ma’lum qilindi

O‘zbekiston doimiy aholisi soni ma’lum qilindi

O‘zbekiston aholisi soni haqida yangi ma’lumot berildi (infografika)

O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi ma’lum qilindi

Toshkent shahrining doimiy aholisi soni ma’lum qilindi

Toshkentda doimiy yashovchi aholi soni qanchaga oshdi?