15 oktyabr kuni O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiga Uraldan sovuq havo oqimlari kirib keldi.
«O‘zgidromet» markazining ma’lumotiga ko‘ra, bugun kechasi Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati va Navoiy viloyatining shimolida yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda esa kuchli yomg‘ir kuzatilishi mumkin. Kun davomida nam va sovuq havo oqimi butun respublika hududiga tarqaldi.
«Yaqin kunlarda butun respublikamiz hududida yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi va qorga aylanishi mumkin. Shamol tezligi oshib, sekundiga 15-20 metrga, kuchayganda 25 metrgacha yetishi mumkin», deyiladi xabarda.
17 oktyabr kuni yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, ayrim joylarda qorga aylanadi, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Kechasi harorat 0-2 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuqqa tushadi, kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Sovuq havo oqimlari respublikamiz hududida uzoq hukmronlik qilmaydi. 18 oktyabrda harorat 10-15 darajagacha ko‘tariladi va undan keyin ham ilib boradi hamda 23 oktyabrga kelib kunduzi harorat 15-20 darajani tashkil qiladi.
Oktyabr oyidagi ob-havoning bunday keskin o‘zgarishlari O‘zbekiston iqlimi uchun tez takrorlanadigan odatiy holat. Shunday ob-havo, o‘tgan yili sentyabr oyining oxirida oktyabrning boshida O‘zbekistonga sovuq havo oqimlari kirib kelishi natijasida mamlakat hududi bo‘ylab harorat kechasi 0-2 daraja, kunduzi 6-8 darajaga bo‘lgan edi. Odatda oktyabr oyida ilk kuzgi sovuq urishi kuzatiladi. Eng sovuq yillarda kechasi harorat 0-5 daraja sovuqqa, oyning oxiriga kelib esa undan ham pasayadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi