14:21 / 16.10.2018
2 819

Rossiyalik ekspertlar: "Shavkat Mipziyoyevning sa’y-hapakatlapi tufayli O‘zbekiston dunyoga ochilmoqda"

Rossiyalik ekspertlar: "Shavkat Mipziyoyevning sa’y-hapakatlapi tufayli O‘zbekiston dunyoga ochilmoqda"
O‘zbekiston Prezidenti Fransiyaga, shu orqali Yevropa ittifoqigailk rasmiy tashrifini amalga oshirdi. Uning ahamiyati haqida turli mamlakatlarning ekspert doiralari o‘z mulohazalarini bayon qilmoqda. Xususan, rossiyalik tahlilchilarning fikrlari “Sputnik” agentligi tomonidan e’lon qilindi.

Viktoriya Panfilova,
“Nezavisimaya gazeta” sharhlovchisi, Markaziy Osiyo bo‘yicha ekspert:

— Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zining Parijga tashrifi bilan, ta’bir joiz bo‘lsa, ikkinchi doira mamlakatlari bilan hamkorlik o‘rnatishning yangi bosqichini boshlab berdi. Birinchi doirada Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlar, Rossiya, Xitoy, Turkiya va Hindiston qamrab olingan edi. Fransiya esa o‘zbek yetakchisi o‘z lavozimiga kirishganidan buyon safar qilgan dastlabki Yevropa ittifoqi mamlakati bo‘ldi. Qolaversa, bu O‘zbekiston rahbarining Parijga so‘nggi 20 yildan ziyod vaqt ichidagi ilk tashrifidir.

Geografik uzoqlik, iqtisodiyot, umuman, hayot tarzi tuzilishidagi farqlarga qaramay, Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasida qandaydir o‘xshashliklar mavjud. Har ikki davlat o‘z mintaqasidagi o‘rnini mustahkamlashga intilmoqda va tashqi siyosiy faollik ko‘rsatyapti. Yelisey saroyida Makron va Mirziyoyev tomonidan mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi siyosiy, shu jumladan, xavfsizlik muammolari va terrorizmga qarshi kurash masalalari muhokama qilingani bejiz emas. Makron terrorizmga qarshi kurash mavzusini allaqachon Fransiya diplomatiyasining ustuvor yo‘nalishiga aylantirgan. Uning ustidan g‘alaba qozonish Afg‘onistondagi mojaroni hal etish bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan O‘zbekistonga ham bog‘liq. Bir qator belgilarga qarab xulosa qiladigan bo‘lsak, Fransiya O‘zbekiston uchun o‘arb dunyosiga yetaklovchi va Yevropadagi birinchi siyosiy hamda iqtisodiy sherikka aylanishi mumkin.

Andrey Kazansev,
Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti tahlil markazi direktori, siyosiy fanlar doktori:

— Fransiya nemis — fransuz juftligi shakllangan YeIda hal qiluvchi o‘rin tutadigan eng kuchli davlatlardan biri va o‘tgan asrning 90-yillaridan buyon Markaziy Osiyo mintaqasiga uning muayyan qiziqishlari bor. Hozir fransuzlar, o‘zlari e’tirof etganidek, O‘zbekistonni qaytadan kashf qilayotir. Jadal rivojlanib borayotgan O‘zbekiston iqtisodiyotiga fransuz biznesining e’tibori kuchaymoqda. Bu esa ham mazkur mamlakatda, ham butun Markaziy Osiyoda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar natijasidir.

Rasmiy Toshkentning Fransiyaga qiziqishi o‘z-o‘zidan ma’lum. Ushbu intilishning mohiyati Mirziyoyev O‘zbekistonni butun dunyoga ochayotganida namoyon bo‘ladi. Bu jihatdan diplomatik pragmatizmning o‘rnini ham yodga olish joiz. Chunki iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshirish uchun respublikaga investitsiyalar zarur. Aynan shu maqsadda mamlakatda ma’lum ma’noda siyosiy liberallashuv amalga oshirilmoqda, davlatning xalqaro imidji yaxshilanyapti. Bularning barchasi investitsiyalar jalb qilish uchun imkoniyatlar yaratadi. Yevropalik sarmoyadorlar ushbu jarayonda o‘ziga xos o‘rin tutishi mumkin.

Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron o‘rtasidagi rasmiy Toshkentning “ThalesAleniaSpace” bilan qo‘shma loyihalarni ro‘yobga chiqarish borasidagi kelishuvlarini mazkur tashrifning nafaqat ajoyib natijasigina emas, hatto“durdonasi” deya ta’riflash mumkin. Koinot va mudofaa sohasida Yevropada yetakchilardan biri bo‘lgan ushbu kompaniyaning yillik savdo aylanmasi 18,5 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Bu bitim O‘zbekiston, uning ortidan butun Markaziy Osiyo uchun integratsiyalashgan sun’iy yo‘ldosh tizimlari bo‘yicha hamkorlikdan tortib, O‘zbekistonni keng yo‘lli sun’iy yo‘ldosh aloqasiga ulash uchun infratuzilma yaratishgacha bo‘lgan texnologiyalarning yangi oqimini ochib beradi.

Igor Pankratenko,
Strategik baholash va prognozlar markazi bosh direktori o‘rinbosari:

— Parij va Toshkent O‘zbekistonda koinot sohasi uchun sanoat bazasini barpo etishga kirishdi va bu mahalliy kadrlarni tayyorlash hamda jalb etish orqali amalga oshiriladi. Parij ham, “ThalesAleniaSpace” rahbariyati ham Toshkent bilan kelishuvga katta muvaffaqiyat deb qarayotgani, shubhasiz. Loaqal Fransiya uchun hozircha Markaziy Osiyoning Rossiya tomonidan egallangan sun’iy yo‘ldosh signallari bozoriga yo‘l ochilayotganini hisobga olsak ham, shunday xulosa qilish mumkin. Aeronavtika, koinot, mudofaa va kiberxavfsizlik sohalarida faoliyat yuritadigan “ThalesAleniaSpace” kompaniyasi esa ishlab chiqarish bazasini kengaytirish va o‘z mahsulotlari uchun yangi xaridorlar topish imkoniga ega bo‘ladi.

Fransuz tomoni uchun muvaffaqiyatlar ko‘proq “miqdor” jihatdan ahamiyat kasb etsa, O‘zbekiston son emas, sifatga ega chiqadi. Chunki ushbu kelishuvlar, hech mubolag‘asiz mahalliy sanoatga kosmik istiqbollarni ochib beradi va boshqa barcha ijobiy natijalar bilan bir qatorda Toshkentning mintaqadagi maqomini keskin oshiradi. Fransuzlarning taklifidan so‘ng rasmiy Toshkentga Pekin, Moskva, Nyu-Dehli va Anqara tomonidan ham jiddiy takliflar kelishi muqarrar, deb xulosa qilingan “Sputnik” materialida.
B. G‘OFUROV

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Rossiyalik ekspertlar: "Shavkat Mipziyoyevning sa’y-hapakatlapi tufayli O‘zbekiston dunyoga ochilmoqda"