17:43 / 16.10.2018
4 877

17 oktyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘adi

17 oktyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘adi
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 17 oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi ob-havo 1 daraja sovuq bilan 1 daraja iliq atrofida, kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushadi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 17 oktyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘adi