QHTBT portalida “Aqlli shahar” konsepsiyasi loyihasi, shuningdek uni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi muhokama qilinmoqda. Bu haqda Norma.uz xabar tarqatdi.
Aqlli shahar — kompyuterlar, planshetlar va smartfonlar hamda boshqa uskunalarni, masalan, svetofor, signalizatsiya datchiklari va hokazolarni birlashtiradigan internet tarmogʻiga ulangan holda kommunikativ va axborot texnologiyalarining oʻzaro bogʻliqlikdagi tizimi. Mazkur tizim orqali shahar ichidagi jarayonlarni boshqarish soddalashtiriladi va aholining turmush darajasi yaxshilanadi.
Oʻzbekistonda mazkur innovatsion texnologiyani joriy qilishning dastlabki bosqichlaridagi asosiy yoʻnalishlar transport, militsiya, xavfsizlik, taʼlim, sogʻliqni saqlash, energetika, suv taʼminoti va suv chiqarish, uy-joy-kommunal xoʻjaligi uchun tegishli quyi tizimlarni yaratishdan iborat boʻladi.
Quyidagilar tizim ishlashi uchun zarur infratuzilmani shakllantirishning muhim jihatlari hisoblanadi:
jamoat joylarida va jamoat transportlarida bepul Wi-Fi nuqtalarini tashkil etish;
Oʻzbekistonda muqobil simsiz axborot uzatish texnologiyalarini qoʻllash imkoniyatini koʻrib chiqish orqali butun respublikada keng qamrovli mobil aloqa tarmoqlari kengaytirilishini taʼminlash — LoRaWAN, NB-IoT standartlarini joriy qilish;
“Aqlli shahar” kompleksi axborot tizimlarini talabgir elektron davlat xizmatlarini shakllantirish uchun “Elektron hukumat” tizimi bilan bosqichma-bosqich integratsiyalash.
Loyiha rad etilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki oʻzgartirilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring