4 546
[img]https://zamin.uz/uploads/posts/2018-10/1539923541_sb4ocu0cunxcug5xejnzbwa6j0f971ey.jpg[/img] Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Toshkentga yetib keldi. Oliy martabali mehmonni Islom
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Toshkentga yetib keldi.
Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Prezidentlar shu yerda qisqa suhbat o‘tkazishdi.
Tashrifning asosiy qismi 19 oktyabrga belgilangan. Ma’lum qilinishicha, muzokaralar davomida o‘zaro munosabatlarning joriy holati va istiqbollari muhokama qilinadi hamda mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha fikrlar almashiladi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin “Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi sifatida” mavzusidagi O‘zbekiston va Rossiya hududlararo hamkorlik forumining birinchi yalpi yig‘ilishida ishtirok etishadi. Bundan tashqari, ikki davlat rahbari videoanjuman rejimida O‘zbekistondagi ilk atom elektr stansiyasi qurilishi boshlanishi marosimida ishtirok etishadi.
Tashrif yakunida davlat rahbarlarining qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, yigirmaga yaqin hujjat imzolanishi rejalashtirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya hududlari hamda ishbilarmon doiralari o‘rtasida yirik investitsiya va savdo shartnomalari imzolanishi ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi