2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram-kanali xabar bermoqda.
Qaror bilan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar tasdiqlandi hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi.
Mazkur Kengash Milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul vazirlik hamda idoralarning samarali ishlarini tashkil etadi, shuningdek ushbu maqsad va vazifalarning tarmoq, mintaqa va maqsadli rivojlantirish dasturlari, strategiyalar va konsepsiyalarga kiritilishini ta’minlaydi.
Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi vazifasini Iqtisodiyot vazirligi bajaradi.
Qaror bilan tasdiqlangan Milliy maqsad va vazifalar o‘zida 2030 yilgacha barqaror rivojlanish sohasida jami 17 ta maqsad va ular doirasida amalga oshiriladigan vazifalarni qamrab olgan.
Jumladan, amalga oshiriladigan tadbirlar natijasida 2030 yilgacha O‘zbekistonda o‘ta qashshoqlikni tugatish, kam ta’minlangan aholi sonini hozirgiga nisbatan ikki baravarga kamaytirish rejalashtirilgan.
Sog‘lom turmush tarzini ta’minlash maqsadida esa aholi o‘rtasida yurak-tomir, onkologik, qandli diabet va surunkali respirator kasalliklar tufayli bevaqt o‘limlar sonini 30 foizga qisqartirish, shuningdek 2025 yilgacha yo‘l-transport hodisalari sonini ikki baravarga qisqartirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, umumqamrovli va sifatli ta’limni ta’minlash hamda barchaga butun umri davomida ta’lim olish imkoniyatini rag‘batlantirish maqsadi bo‘yicha 2030 yilgacha o‘qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida xalqaro hamkorlik qilish orqali o‘qituvchilar sonini jiddiy ravishda ko‘paytirish mo‘ljallangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi