20:35 / 24.10.2018
5 170

Mashhur fud-bloger Chinoz baliqlari, Jizzax somsasi hamda dunyodagi eng shirin qovun va tarvuzlar haqida (foto)

Mashhur fud-bloger Chinoz baliqlari, Jizzax somsasi hamda dunyodagi eng shirin qovun va tarvuzlar haqida (foto)
Mashhur fud-bloger Mark Uins O‘zbekiston haqidagi navbatdagi videosida Markaziy Osiyodagi eng qadimiy va tarixiy shaharlardan biri - Samarqandga yo‘l olayotganini ma’lum qiladi. Yo‘lda u qovurilgan baliq mazasini tatib ko‘rish uchun Chinozdagi o‘zbek oshxonalaridan birida to‘xtaydi. Mark Uins baliq tayyorlash jarayonini boshidan oxirigacha kuzatdi va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali bu jarayon bilan bo‘lishdi.

Fud-blogerga qovurilgan baliq ta’mi juda manzur bo‘ladi, albatta. Umuman, Mark o‘zbek milliy taomlarini dunyodagi eng mazali va o‘ziga xos oshxonalardan biri sifatida kashf etgani va anchagacha ularning ta’mini unutmasligini ta’kidlagan.

Shundan so‘ng u Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari va oila a’zolari bilan O‘zbekistonning xilma-xil qovunlari hamda tarvuzlari mazasini tatib ko‘radi va ularni dunyodagi eng shirin qovun-tarvuzlar sifatida e’tirof etadi.


Bundan tashqari, Mark Jizzax somsalarini ham tatib ko‘rib, ularning mazasiga yuqori baho berganiga guvoh bo‘lish mumkin.

Mark Uinsning O‘zbekiston haqidagi video va suratlari ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida juda katta tassurot qoldirgan. Izohlarda bu videolarni ko‘rib, tezroq O‘zbekistonga sayohat qilish istagi tug‘ilgani, fud-bloger namoyish qilayotgan taomlar ularning ishtahasini ochayotganini haqida yozishgan. Yana birovlar esa O‘zbekistonda bo‘lgani, mahalliy odamlarning mehmondo‘stligi va taomlarning mazasi unutilmasligi va kelgusida bu yerga yana sayohat qilish orzusida ekanliklarini ta’kidlashgan.

Dunyoning taniqli fud-blogerlardan biri Mark Uins O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining qo‘llab-quvvatlashi ostida O‘zbekistonga tashrif buyurgan va mamlakatimizning diqqatga sazovor joylarida bo‘lgan. Bloger gastronomik turizmni targ‘ib qilishi bilan tanilgani bois jahonning ko‘plab mamlakatlarida bo‘ladi va u yerlarning milliy taomlaridan tatib ko‘rib, o‘z taassurotlari aks etgan videolavhalarni folloverlari bilan bo‘lishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mashhur fud-bloger Chinoz baliqlari, Jizzax somsasi hamda dunyodagi eng shirin qovun va tarvuzlar haqida (foto)