22:13 / 29.10.2018
4 945

Prezidentning bosh prokurorga topshirig‘i: Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tekshirish o‘tkazish

Prezidentning bosh prokurorga topshirig‘i: Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tekshirish o‘tkazish
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 2018 yil 29 oktyabr kuni barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari rahbarlarining majburiy mehnatning har qanday shakl va ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi javobgarligini oshirish to‘g‘risida farmon qabul qildi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Hujjatda O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuroriga qishloq xo‘jaligi ishlari chog‘ida yo‘l qo‘yilgan qonun buzilish holatlari yuzasidan tekshirish o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri, joylardagi davlat hokimiyati organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari majburiy mehnatning barcha shakl va ko‘rinishlariga barham berishga qaratilgan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirishi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq g‘alla ekish va sug‘orish ishlarini tashkil etish jarayonida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani bois Zoyir Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezidentning bosh prokurorga topshirig‘i: Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tekshirish o‘tkazish