O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 18 aprel kuni imzolangan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 476-son qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonunining 26-moddasi 2-qismiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilgan edi. 19 oktyabr kunidan boshlab mazkur qonun respublika hududida amalda kuchga kirdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, harbiy xizmatchilar uchun harbiy xizmatda bo‘lish yosh chegaralari quyidagicha etib belgilandi:
- Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan oddiy askarlar, serjantlar va kichik ofitserlar uchun (leytenant, katta leytenant, kapitan) — 45 yosh (eski tahrirda kichik ofitserlar uchun 43 yosh etib belgilangan edi);
- Katta ofitserlar uchun (mayor, podpolkovnik) — 50 yosh (eski tahrirda katta ofitserlar uchun 45 yosh etib belgilangan edi), polkovniklar uchun — 55 yosh (eski tahrirda polkovniklar uchun 50 yosh etib belgilangan);
- General harbiy unvonidagi oliy toifali ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar uchun — 60 yosh (eski tahrirda general-mayor, general-leytenantlar uchun – 55 yosh, general-polkovniklar uchun – 60 yosh etib belgilangan).
Ushbu qonunga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar 2018 yil 18 apreldagi qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach amalga kiritilishi belgilangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi