11:45 / 02.11.2018
4 377

16 noyabrdan benzin narxlari oshadi

16 noyabrdan benzin narxlari oshadi
Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram-kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, 2018 yil 16 noyabrdan iste’mol solig‘ini hisobga olgan holda avtobenzin va dizel yoqilg‘isi chakana narxlari:
  • Ai-80 avtobenzinga – 4 000 so‘m/litr;
  • Ai-91 avtobenzinga – 4 500 so‘m/litr;
  • dizel yoqilg‘isiga – 4 800 so‘m/litr;
  • EKO dizel yoqilg‘isiga – 4 900 so‘m/litr etib belgilandi.

2019 yilning 1 yanvaridan boshlab Toshkent shahrining Yunusobod tumanida eksperiment tariqasida quyidagilar joriy etiladi:

- aholi iste’moli uchun elektr energiyasi bazaviy normasi oyiga bir abonentga 300 kVt.soat;

Aholi iste’moli uchun tabiiy gazning bazaviy normasi:

- isitish mavsumi davrida yakka tartibda isitiladigan uylar va kvartiralarda yashaydigan bir abonentga oyiga 1000 kub.m;
boshqa holatlarda bir abonentga oyiga 250 kub.m.

Bunda aholi bilan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitoblarni amalga oshirganda:

- bazaviy norma doirasida – belgilangan tarif bo‘yicha;
- bazaviy normadan ortgan qismi uchun – belgilangan tarifga 1,2 baravar oshirilgan koeffitsiyent qo‘llaniladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 16 noyabrdan benzin narxlari oshadi