04:14 / 06.11.2018
2 958

O‘zbekiston va Belarus hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 100 dan ko‘proq tadbir amalga oshirmoqchi

O‘zbekiston va Belarus hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 100 dan ko‘proq tadbir amalga oshirmoqchi
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Belarus bosh vaziri Sergey Rumas ikki davlat hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi – tadbirlar rejasini imzolashdi.

Hujjat doirasida tomonlar ikki tomonlama tovar va xizmatlar savdosini rivojlantirish, tomonlar bozorlariga kirish, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, farmatsevtika va sog‘liqni saqlash, qurilish, neft-kimyo, energetika sohasida hamkorlikni ta’minlash uchun 100 dan ortiq tadbirni amalga oshirishmoqchi.

Jumladan, O‘zbekiston va Belarus gumanitar va hududlararo hamkorlikni rivojlantirmoqchi.

Shuningdek, O‘zbekistonga Belarus yog‘och mahsulotlari va xalq iste’moli tovarlari, 2 mln dollarga MAZ mashinalari, 5 mln dollarga MTZ traktorlarini yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Xususan, BelAZ texnika yetkazib berish bo‘yicha tenderlarda ishtirok etishga tayyorligini bildirgan.

Tomonlar o‘zaro oziq-ovqat yetkazib berishni, Belarus shakari va solodi eksportini tashkillashtiradi, O‘zbekiston Belarusga quruq mevalar yetkazib berish hajmini oshirishga tayyorligini bildirgan. Meva-sabzavot va boshqa mahsulotlar savdosi o‘zaro hajmini yiliga 10 mln dollargacha oshirish, Minskda esa o‘zbek mahsulotlari savdo uyi yoki do‘koni ochilishi ko‘zda tutilgan.

Belarus va O‘zbekiston sut, dori vositalari, tibbiy texnika, mini-traktorlar, velosiped ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar, o‘zaro transport-logistika korxonasi yaratish imkonini o‘rganib chiqishadi. Belarus tashkilotlari O‘zbekistonda sut mahsulotlari olishga mo‘ljallangan qo‘shma fermalar qurishda yordam beradi.

Belarus, shuningdek, O‘zbekistonning paxta-to‘qimachilik klasteriga kirmoqchi. Buning uchun yigiruv, to‘quvchilik fabrikalarini qurish bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Belarus hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 100 dan ko‘proq tadbir amalga oshirmoqchi