O‘zbekiston hukumati "Ipoteka banki"ning ustav kapitalida davlat hissasini oshiradi. Bu haqda prezidentning baliqchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha qarorida keltirilgan.
"Ipoteka banki" ustav kapitali hajmi oktyabr boshida 957,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Bankning 94 foizdan oshiq aksiyasi davlatga bevosita yoki bilvosita tegishli. Endilikda Tiklanish va taraqqiyot fondi ushbu bankka yana 50 mln AQSh dollari (12.11.2018 yil holatiga ko‘ra, 413,5 mlrd so‘m – tahririyat izohi) ajratadi va bu bankdagi davlat ulushini yanada oshiradi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekistondagi 28 ta tijorat bankining qariyb yarmi boshqaruvida davlat aksiyador sifatida ishtirok etadi. Eng yirik tijorat banklarining 3 tasi esa 100 foiz davlat banki hisoblanadi.
Shuningdek, oktyabr oyida "Asia Alliance bank" tijorat bankining 45 foiz aksiyalari davlat hissasiga o‘tgan. "Asia Alliance bank" xususiy bank sifatida ochilgan, keyinchalik milliylashtirilgan O‘zbekistondagi ikkinchi bank hisoblanadi.
Avvalroq Xalqaro valyuta fondi (XVF) O‘zbekiston bank sektorida davlat ulushi yuqoriligi ushbu sohaning rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi va banklarning past rentabelligining asosiy sababi ekanligi haqida ta’kidlagan edi.
Shuningdek, Xalqaro valyuta fondi O‘zbekistonda ko‘pgina banklarni xususiylashtirish va Tiklanish va taraqqiyot fondi asosida Taraqqiyot bankini tashkil etishni maslahat bergan.
O‘zbekiston Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ham davlat banklarining bir qismini xususiylashtirish zarurligini ta’kidlagandi.
"Prezident bizga bank sektorida davlat ulushini qisqartirish va bu sohani rivojlanishini ta’minlash vazifasini qo‘ydi",– deya ta’kidladi moliya vaziri 8 noyabrda XVF vakili bilan bo‘lgan uchrashuvda.
O‘zbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmurodovning aytishicha, davlat banklarini xususiylashtirish va yagona davlat taraqqiyot bankini yaratish bo‘yicha loyihalar ko‘rib chiqilmoqda.
Markaziy bank rahbarining ta’kidlashicha, regulyatorning asosiy vazifasi inflyatsiyani pasaytirishdan iborat, biroq davlat taqdim etayotgan imtiyozli kreditlar hajmining oshib ketganligi Markaziy bankning pul-kredit siyosati samaradorligini susaytiradi.
"Bizning asosiy vazifamiz – inflyatsiyani barqarorlashtirish. Biroq faqat monetar siyosatni qat’iylashtirish orqali inflyatsiyani pasaytirish qiyin. Inflyatsiya darajasiga faqat biz ta’sir qila olmaymiz. Davlatning barcha iqtisodiy idoralari muvofiqlashgan siyosat olib borishi zarur. Berilgan kreditlarning yarmi imtiyozli ekanligi va davlat tarafidan berilishi – Markaziy bankning inflyatsiyani pasaytirish uchun qo‘llaydigan instrumentlari kuchini pasaytiradi”,– deydi Nurmurodov.
Qayd etish joizki, Ipoteka banki o‘zining Tiklanish va taraqqiyot Fondidagi aksiyalarini 5 yil muddat ichida, sof foydasi hisobiga bozor bahosida (nominal qiymatdan kam bo‘lmagan miqdorda) qayta sotib oladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

O‘zbekiston Markaziy banki Qozog‘iston bankiga litsenziya berdi

Osiyo taraqqiyot banki va InFin Bank o‘rtasida bitim imzolandi

Toshkentda «Poytaxt bank» tashkil etiladi

Xalq bankining Qo‘shtepa tuman filiali qariyb 1.5 mlrd so‘m jarimaga tortildi

O‘zbekistondagi uchta bankning nomi o‘zgardi

Xalq bankining «Omad kulganda» lotereyasi natijalari 13 fevral kuni e’lon qilinishi haqida xabar berildi