20:53 / 16.11.2018
3 792

O‘zbekiston BMTning Qrim bo‘yicha rezolyutsiyasiga qarshi ovoz berdi

O‘zbekiston BMTning Qrim bo‘yicha rezolyutsiyasiga qarshi ovoz berdi
O‘zbekiston va yana 25 mamlakat BMT Bosh assambleyasining uchinchi qo‘mitasi yig‘ilishida qabul qilingan «Qrim muxtor respublikasi va Sevastopol shahrida (Ukraina) inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat» yangilangan rezolyutsiya loyihasiga qarshi ovoz berdi. Bu haqda Ukrainaning BMT huzuridagi missiyasi Twitter’dagi sahifasida xabar qilgan.

Jami 67 mamlakat rezolyutsiya loyihasini ma’qulladi, 82tasi betaraf qoldi va 26tasi qarshi ovoz berdi.

Xususan, Armaniston, Belarus, Boliviya, Burundi, Kamboja, Xitoy, Kuba, KXDR, Eritreya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Myanma, Nikaragua, Rossiya, Serbiya, JAR, Janubiy Sudan, Sudan, Suriya, Tojikiston, Uganda, O‘zbekiston, Venesuela, Zimbabve qarshi ovoz berdi.

Qo‘mitada ovoz berilganidan so‘ng, loyiha BMT Bosh assambleyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ovoz berish joriy yilning dekabr oyida kutilmoqda.

Kuni kecha ma’qullangan rezolyutsiya loyihasida, xususan, Kremlning ukrainalik siyosiy asirlari nomi ko‘rsatilgan.

Ukraina tomoni ishlab chiqqan rezolyutsiya matnida aytilishicha, Qrimda diniy ozchiliklarga nisbatan «bosim kuchayib borayotgani» kuzatilmoqda. Uning mualliflari fikricha, ozchiliklarga «politsiya reydlari», shuningdek, «tahdidlar va ta’qiblar» orqali bosim o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston BMTning Qrim bo‘yicha rezolyutsiyasiga qarshi ovoz berdi