3 788
Shavkat Mirziyoyev axborot texnologiyalari sohasidagi qator muammolarni ma’lum qildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjatda qayd etilishicha, davlat organlari va tashkilotlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilayotganiga qaramasdan “Elektron hukumat” tizimining joriy etilishi va samarali faoliyat ko‘rsatishiga, axborot sohasidagi tahdidlarga qarshi kurashishga to‘sqinlik qiluvchi qator muammolar saqlanib qolmoqda. Jumladan:
birinchidan, axborotlashtirish sub’ektlari tomonidan qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlarining ijro etilishi ustidan nazorat va tekshirishning amaldagi mexanizmi zamonaviy talablarga muvofiq emasligi ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining pasayishiga olib kelmoqda;
ikkinchidan, axborot xavfsizligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga mas’ul yagona vakolatli organning mavjud emasligi mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning samarasizligiga sabab bo‘lmoqda;
uchinchidan, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan joriy etilayotgan apparat vositalari va dasturiy mahsulotlarni ekspertiza va sertifikatsiyadan o‘tkazish tizimidagi kamchiliklar ularning “Elektron hukumat” tizimiga jadal integratsiyalashuvini susaytirmoqda;
to‘rtinchidan, telekommunikatsiya, axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi nazorat tizimi, muhim axborot infratuzilmasining mukammal emasligi davlat axborot tizimlari ob’ektlari, raqamli iqtisodiyot va shaxsiy ma’lumotlarning zaiflashuviga olib kelmoqda;
beshinchidan, buzg‘unchi kuchlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Internet tarmog‘idan faol foydalanishi aholi, ayniqsa, o‘sib kelayotgan avlodning dunyoqarashi va ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
oltinchidan, axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va joriy qilish bo‘yicha tizimli ishlarning mavjud emasligi milliy axborot makonini himoya qilishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkonini bermayapti. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Abdulla Qurbonov onasining 75 yoshga to‘lishi munosabati bilan hovlisida bayram tashkillashtirdi

"Gubernator kubogi"ni Xalakov va Mirzahmedov g‘alaba bilan boshladi

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra ishtirokidagi matbuot anjumani

Dubayda ishlayotgan Alisher Uzoqov Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi (video)

Rossiya kemalar va samolyotlar guruhini Qrimda to‘plagan. Hududda nimalar bo‘lyapti?

Samarqandda Cobalt maktab oldidagi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 8 yoshli qizni urib yubordi (video)

"Gubernator kubogi"da Boturov, Ro‘zmetovdan g‘alaba, Sanjar Tursunov esa...

Imomning qizi eshikni taqillatar edi...