Fuqaro aviatsiyasi, jumladan, yerusti infratuzilmasi ekspluatatsiyasining haddan ziyod monopollashuvi bu sohada xizmat ko‘rsatishning jahon darajasidan sezilarli ortda qolishiga, shuningdek, mamlakatdagi ayrim aeroportlarning rentabelligini yo‘qotishiga olib keldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti imzolagan tegishli farmonida aytiladi.
Farmonga ko‘ra, «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK qayta tashkil etiladi. MAK direksiya bazasida «Uzbekistan Airways» AJ, «Uchuvchilar majmuasi» DUK, «Havo aloqalari bosh agentligi» va «O‘zaviatexta’minot» kompleksi ish boshlashi kutilmoqda.
O‘zbekistondagi aeroportlar salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida «Uzbekistan Airports» AJ faoliyati ham yo‘lga qo‘yilmoqda. Jamiyat havo kemalariga xizmat ko‘rsatish bilan birga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, aeroport infratuzilmasini yaxshilash bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Shuningdek, aeroportlar hududida zamonaviy savdo shoxobchalar faoliyatini shakllantirish va bank xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha tegishli ishlar olib boriladi.
Hujjatga ko‘ra, milliy aviakompaniya qoshida Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports (aeroportni nazorat qilish bo‘yicha) aksiyadorlik jamiyatlari tuzilishi belgilab qo‘yilgan va ularning asosiy vazifalari belgilab berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi