17:04 / 04.12.2018
4 022

O‘zbekiston fuqarolari 2019 yildan boshlab allergiya pasportlarini olishlari mumkin

O‘zbekiston fuqarolari 2019 yildan boshlab allergiya pasportlarini olishlari mumkin
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi xodimlari xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda noyob hujjat – molekulyar darajada allergik ta’sirchanlik pasporti, allergiya pasportini joriy etish bo‘yicha dasturni amalga oshirmoqdalar.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shoshilinch holatlarda qo‘llaniladigan allergiya pasportining elektron shakli namunasi.


Qayd etilishicha, bunday zarurat bolalar va o‘smirlarda turli xil xastaliklar, jumladan astma va anafilaksiya kasalliklarining ko‘payishi natijasida paydo bo‘ldi.

Astma va oziq-ovqat mahsulotlariga allergiyaning og‘ir shakllariga, jumladan anafilaksiyaga moyillikni molekulyar darajada aniqlash muayyan oziq-ovqat allergenlarini istisno qilish hamda og‘ir asoratlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish imkonini beradi.

Shu munosabat bilan allergenlarga individual sezuvchanlikni aniqlash, olingan natijalarni to‘g‘ri tahlil qilish hamda natijalarni mutaxassislar va ota-onalar uchun maxsus blankka kiritish talab etiladi.

Pasport ikki xil shaklda chiqariladi. Pasportning shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan shakli allergen manbalari va yuqori xavf tug‘diradigan alohida molekulalar haqidagi ma’lumotlar, shuningdek QR-kod (tez ta’sir ko‘rsatadigan kod)ini o‘z ichiga oladigan ikki tomonlama plastik karta tarzida taqdim etilgan. QR-kod katta hajmdagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi va molekulyar tekshiruv bo‘yicha to‘liq axborot yozilgan qog‘oz shaklli pasportdagi barcha ma’lumotlarni o‘qish imkonini beradi. Masalan, bemorga shoshilinch yordam kerak bo‘lib qolganida, shifokorlar zarur ma’lumotlarni QR-kod orqali bilib olishlari mumkin bo‘ladi.

Vena Tibbiyot universitetining molekulyar allergologiya bo‘yicha yetakchi olimi, professor Rudolf Valenta hamda Innovatson rivojlanish vazirligining xalqaro eksperti Viktoriya Garib Innovatsion PAS (allergik ta’sirchanlik pasporti) kelajakdagi personallashtirilgan tibbiyotning muhim bo‘g‘imi bo‘lishi mumkin, deb fikr bildirdilar.

Muayyan bolaning ta’sirchanligi to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumot, ya’ni uning shaxsiy allergik pasporti allergik kasalliklarni rivojlanishini oldini olishning samarali usullarini tanlash va to‘g‘ri davolash uchun zamin yaratadi. Allergiya rivojlanishini oldini olishda, o‘z navbatida, ota-onalarning yetarli ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozimligi ham muhimi ahamiyat kasb etgani bois, mazkur pasportning joriy etilishi kasallik rivojlanishining boshlang‘ich bosqichida uni to‘xtatish imkonini beradi.

Mazkur pasport O‘zbekiston fuqarolarining xorijga safarlari chog‘ida ishlatilishi mumkinligini nazarga olgan holda, pasport ingliz va rus tillaridagi ma’lumotlarni ham o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 2019 yilning yanvar oyidan boshlab shaxsiy allergiya pasportlarini olishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston fuqarolari 2019 yildan boshlab allergiya pasportlarini olishlari mumkin